Qirg'iziston: "Davlat musulmonlarni ikkiga bo'lyapti"

Qirg'iz

O'sh viloyatining Qorasuv tumaniga ilingan "Aziz xalqim, qaerga qarab ketmoqdamiz?" deya yozilgan bannerlarni noma'lum shaxslar tarafidan yirtib ketilishi ortidan militsiya o'z tekshiruvini boshlagan. Botken viloyatining Sulyukta shahrida ham bunday bannerlar yoqib yuborilgan.

Aholi orasida qizg'in bahsu-muhokamaga sabab bo'lgan ushbu bannerlar avval Bishkek shahriga ilingan. Keyinchalik esa respublikaning barcha hududlariga ham joylashtirila boshlangan. Unda milliy libosdagi qirg'iz ayollari, hijob va paranji kiygan qiz-kelinlar tasvirlangan.

Diniy arboblar bu kabi bannerlarning ko'chalarga ilinishi, xalqni ikkiga bo'linishiga sabab bo'ladi deya xavotir bildirayotgan bo'lsa, ayrimlar esa, fuqarolarni radikallashuvga olib bormaslik uchun bu kabi bannerlar zarur deb hisoblaydi.

Bishkeklik mutaxasis Qodir Malikov feysbuk sahifasida, huquqni himoya qilish organlarini bannerlarni Jinoyat kodeksining "Dinlar aro nizoga turtki berish, diniy e'tiqodlarni kamsitish" moddalari bo'yicha tekshirib chiqishga chaqirgan.

Qirg'iziston musulmonlar din boshqarmasi mazkur bannerlarni va undagi targ'ibot so'zlarini provakitsion deya atab, uni "halkning birligini" buzish deya bildirgan.

"Barchamiz uchun eng katta boylik - bu xalqning tinchligi va birdamligidir. Qirg'iziston musulmonlarining diniy boshqarmasi qirg'izning milliy libosini va qadriyatlarini islom diniga to'g'ri keladi deb hisoblaydi. Muftiyat halqni bu kabi narsalarga ta'sirlanib, ehtiroslarga berilmaslikka chaqiradi" - deyiladi rasmiy bayonotda.

Qirg'iz ayollarining milliy libosda va paranji o'ragan suratlari aks ettirilib, "Kayran elim, kayda baratabыz? - "Aziz xalqim, qay tarafga ketmoqdamiz?" savoli tushirilgan bannerlar Bishkekda 12 iyuldan 13 iyulga o'tar kechasi paydo bo'lgan.

Ertasi kuni, Prezident Almazbek Atambaev bannerlarni ilish g'oyasini qo'llab, bu kabi bannerlarni Qirg'izistonning barcha hududlarida joylashtirishni moliyalashtirishini bildirgan."Men bugun prezidentning apparat etakchisiga bu kabi bannerlarni Qirg'izistonning barcha hududlariga ilinishi uchun ularga moliyaviy yordam berishni topshirdim. Bu islomlashish emas, kelinglar arab, Pokiston, Bangladesh yoki yana boshqa uchinchi madaniyatni qirg'izniki bilan adashtirmaylik", - degan prezident Atambaev.

Bahsli bannerlar ijtimoiy tarmoqlarda va uning tashqarisida ham qizg'in muhokamalarga sabab bo'lgan. Kimlardir uni qo'llab fikrlar qoldirayotgan bo'lsa, boshqalari esa, "davlat musulmonlarni ikkiga bo'lmoqda" deya izoh qoldirib, uning o'rniga davlat millat sha'niga dog' tushirayotgan zamonaviy qirg'iz qizlarini to'g'ri yo'lga boshlashi kerakligini aytmoqda.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring