"Dunyo": Pasportsiz o'zbeklar, Klinton kampaniyasi va turkiy ohanglar

"Dunyo" dasturini BBC UZBEK ning YouTube kanalida tomosha qilib boring
Image caption "Dunyo" dasturini BBC UZBEK ning YouTube kanalida tomosha qilib boring

Mavzular: Qirg'iziston tan olmaydigan o'zbekistonlik kelinlar...

Qirg'iziston va O'zbekiston jurnalistlari olib borgan tadqiqotlarga ko'ra, bugun Qirg'izistonda 17 mingga yaqin fuqaroligi yo'q inson istiqomat qiladi.

Ular orasida Qirg'izistonga kelin bo'lib tushgan o'zbekistonliklar ham bor. Qirg'izistonda bunday insonlarga ko'mak beradigan qonun mavjud emas. O'zbekiston ham ularga yordam bermaydi.

Qirg'iziston va O'zbekistondan jurnalistlar Hulkar Isamova hamda Umida Maniyozova Robert Bosch Stiftung, Fritt Ord Foundation, Thomson Reuters Foundation homiyligida ayni mavzuda hujjatli film tayyorlashgan.

Tojikistondagi fuqaroligi yo'q insonlar va yo vatan ichida bevatanlar

Fuqaroligi yo'q insonlar Tojikistonda ham ko'pchilikni tashkil qiladi. 1990 yillardagi ichki urushlar payti mamlakatdan chiqib ketgan va o'z vaqtida qayta olmagan odamlarning aksari o'z fuqaroligini tasdiqlata olmagan.

Ular deportatsiya, jazolar va jarimalardan qo'rqishadi va shu bois o'zlarining borliklarini bilintirmay yashashni afzal ko'radilar.

AQSh prezidentligiga saylovlar yaqinlasharkan, Hillari Klintonni kimlar dastaklamoqda?

Barak Obama Qo'shma Shtatlar prezidentligiga nomzod Hillari Klintonni qo'llab-quvvatlab nutq so'zladi.

Filadelfiyada o'tgan Demokratik partiya qurultoyida qilgan chiqishida Obama Klinton xonimning respublikachi raqibi Donald Trampdan keskin farq qiluvchi sifatlari haqida gapirdi.

Ovro'po bo'ylab taralayotgan turkiy ohanglar...

TURKSOY - turk madaniyatini dunyoga yoyishni maqsad qilgan xalqaro tashkilot qoshidagi musiqa dastasi Ovro'po bo'ylab kontsertlar bermoqda.

Mazkur musiqiy chiqishlar tashkilot tarkibidagi turkiy tilli sobiq sho'ro respublikalari mustaqillikka erishgani 25 yilligiga bag'ishlangan.

"Dunyo" dasturini BBC UZBEK ning YouTube kanalida tomosha qilib boring

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring