Fil otgan tosh 7 yashar qizaloqni o'ldirdi

Rabot hayvonot bog'idagi fil Image copyright JADID247

Marokash poytaxti Rabot hayvonot bag'ida saqlanayotgan fil otgan tosh 7 yoshli tomoshabin qizaloqni o'ldirgan. Ushbu hodisa jonivorlar bilan oxirgi oylarda ro'y bergan boshqa fojealarga ham e'tiborni qaratgan.

Hodisa 26 iyul kuni yuz bergan.

Fojeadan keyin hayvonot bog'ida qo'l telefonida tasvirga olingan video YouTube portalida e'lon qilingan.

Bu videoda toshning kattaligi inson boshicha kelishini ko'rish mumkin.

Rabot hayvonot bog'i noxush hodisa yuzasidan bayonot tarqatgan.

Frantsuz tilida e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, fil otgan tosh tomoshabinlarni jonivorlardan ajratib turadigan devor va qazilgan o'radan oshib o'tib qizchaning boshiga tekkan.

Qizaloq shifoxonaga etqazilgan, oradan bir necha soat o'tib olamdan o'tgan.

Hayvonot bog'i bayonotida aytilishicha, fil saqlanadigan joy atrofidagi to'siqlar xalqaro standartlarga javob bergan va "bunday hodisa o'ta kam uchraydi, bashorat qilib bo'lmas va noodatiydir".

Marokashdagi hodisa AQShda so'nggi ikki oyda yuz bergan boshqa hodisalarni yodga solgan.

May oyida Tsintsinnati hayvonot bog'idagi gorilla maymuni saqlanadigan hududga 3 yashar o'g'il bola tushib ketdi.

Gorilla darrov bolaning oldiga yugurib bordi, suv ichida bolani oyog'idan tortib bir joydan ikkinchi joyga surib bordi.

Bolaning hayotiga xavf solishi mumkin degan xavotirda gorillani otib o'ldirishga qaror qilingan.

Iyun oyida esa Florida shtatidagi Uolt Disney dunyosi bog'ida dam olishga borgan oilaning ikki yashar bolasini timsoh ko'lga tortib ketib eb qo'ygani ma'lum bo'ldi.

Fillarni saqlashga qaratilgan tashkilot vakili Fillis Lining aytishicha, filning odamga qarata tosh yoki yog'och otishi juda kamdan-kam uchraydigan hodisa.

"Bu narsa qachon filning jahli chiqqan yoki juda zerikib ketgan paytida yuz berishi mumkin. Mening fikrimcha, fil atayin qizaloqni nishonga olib tosh otmagan. Bu o'zining jahli chiqqanini ko'rsatish amali bo'lgan. Tutqunlikda saqlanayotgan jonivor nima qilishini oldindan aytish qiyin, deb aytgan Fillis Li.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring