Bosh vazir Masimov jarima to'ladi

Image copyright PM.KZ

Qozog'iston Bosh vaziri Karim Masimov yo'llarda harakatlanish qoidasini buzgani uchun jarimaga tortildi.

Bu haqda janob Masimovning o'zi xabar tarqatdi.

Qozog'iston bosh vazirining rasmiy veb-sayti pm.kzda Karim Masimovning jarimaga tortilishiga uning o'zining Instagram sotsial tarmog'ida e'lon qilgan fotosurati sabab bo'lgani aytiladi.

Qozog'iston Bosh vaziri Karim Masimov velosipedda sayr qilish va velopoygani yaxshi ko'radi va u poytaxt Ostona tashqarisiga velosipedda chiqqan.

O'sha erda olingan fotosuratini Instagramdagi shaxsiy sahifasida e'lon etgan.

"Jarimaga "Ostona-Borovoe" avtomagistralida tasvirga tushirilgan fotosurat sabab bo'ldi, bu avtomagistralda velosipedda harakatlanish taqiqlangan", deyiladi bosh vazir rasmiy veb-sahifasida bosilgan press-relizda.

31 iyul kuni Bosh vazir Masimov o'zining sahifasida to'langan jarimaning kvitantsiyasini e'lon qilgan.

"Qonun va qoidalar hamma uchun bir xil. Velosipeddagi bosh vazir uchun ham", deb yozgan Karim Masimov.

Janob Masimov Instagram ijtimoiy tarmog'ining faol fodylanuvchisi hisoblanadi.

U o'zining turli mavzularga oid fikr va mulohazalarini muntazam e'lon qilib boradi.

U e'lon qilgan foto va videolar orqali velosport ishqibozi ekanini, cho'qqiga ko'tarilishni ham o'rganayotganidan boxabar bo'lish mumkin.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.