Tolibon Kobuldagi xorijiylar mehmonxonasiga hujum qilgan

Image copyright Reuters

Kobul politsiyasi xabar qilishicha, Tolibonning ikki hujumchisi yarim tunda portlovchi modda ortilgan yuk avtomobilini Kobuldagi xorijiy mutaxassislar yashaydigan mehmonxona darvozasida portlatgan.

Kuchli portlash 31 iyuldan 1 avgustga o'tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 1:25 larda yuz bergan.

North Gate mehmonxonasi darvozasiga borib urgan yuk avtomobilini portlaganidan keyin Tolibonning ikki jangarisi ichkariga kirib hujum qilganlar.

O'rtada kelib chiqqan otishmada bir politsiya xodimi va ikki hujumchi o'ldirilgan, deb aytgan Kobul politsiyasi rahbari Abdul Rahmon Rahimiy.

Otishma bir necha soat davom etgan.

Uch politsiya xodimi yaralangani xabar qilingan.

Mehmonxonada yashayotganlardan hech kim jarohatlanmagan.

North Gate mehmonxonasidan asosan xorijiy fuqarolar foydalanadilar.

Qattiq qo'riqlanadigan mehmonxona uch yil oldin ham jangarilar hujumiga uchragan edi.

Portlashdan keyin Kobul shahrining ayrim hududlarida elektr ta'minoti qisqa vaqt uzilgan.

Kobul shahrida to'qqiz kun oldin ham kuchli portlash ro'y bergan edi.

Norozilik namoyishiga to'planayotgan Shia Hazora millati vakillarini ikki xudkush hujumchi nishonga olganlari xabar qilindi.

Oqibatda 80 inson halok bo'lgan, 230 kishi jarohatlangan edi.

O'zini "Islomiy Davlat" deb ataydigan guruh hujum mas'uliyatini bo'yniga olgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring