Donald Tramp Hillari Klintonni "iblis" deb atadi

Tramp Image copyright AP
Image caption Tramp

Respublikachi partiyadan prezidentlikka nomzod Donald Trampga ko'ra, noyabr oyiga mo'ljallangan saylovlarda "g'irromlik" qilinishi mumkin.

Ohayodagi chiqishida Tramp so'nggi vaqtlar prezidentlik saylovi g'irromlik bilan o'tishi haqida juda ko'p "eshitmoqda".

Tramp bu so'zlariga hech qanday dalil keltirmagan.

Tramp bu da'vo bilan avvalroq Hillari Klintonning Demokratik partiyadan nomzodlikni qo'lga kiritganida ham chiqqan edi.

Uning harbiy amaliyotlarga qurbon bo'lgan amerilikalik musulmon askarning ota-onasiga nisbatan tahqirli chiqishi keskin tanqidga olinmoqda.

"Iblis"

Sal avvalroq Pensilvaniyadagi chiqishida esa u o'z raqibi, demokrat Hillari Klintonni "iblis" deb atadi.

Bu haqoratni Tramp Berni Sandersning Hillari Klintonni dastaklashiga nisbatan ishlatdi.

"U (Berni Sanders) iblis bilan ahdu paymon qildi. U (Hillari Klinton) iblisdir", dedi Tramp.

Demokratlar va respublikachilar qariyb bir ovozdan Tramning amerikalik musulmon askar ota-onasini tahqirlagani uchun keskin tanqid qilishdi.

Musulmon askarning ota-onasi BBC bilan suhbatda Trampga qarshi turishning vaqti kelganini aytgan.

Tramp demokratlar yig'inida marhum askarning onasi G'azala Xon o'z eri bilan yonma-yon turgani, ammo so'zlamaganiga ishora qilib, "uni erining qarshisida so'zlashga qo'yishmagan" deb aytgan va bu holatni musulmonlik aqidalariga yo'ygan edi.

Marhum musulmon askarning ota-onasi Tramni "vatan uchun hech bir qurbonlik bermaganini" aytib, uning chiqishlarini tanqid qilishgandi.

Amerikada qancha musulmon bor?

Pew Research Center ma'lumotlariga ko'ra, 2014 yilda 0,9% foiz amerikaliklar o'zlarining musulmon ekanliklarini aytishgan.

2011 yilda Amerika Musulmonlari tashkiloti oshkor etgan ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda 2,75 million musulmon bo'lgan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring