Turkman prezidenti yangi qo'shiq yaratdi

Prezident Berdimuhamedov nevarasi bilan dijeylik qilmoqda
Image caption Prezident Berdimuhamedov nevarasi bilan dijeylik qilmoqda

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o'z nevaralari bilan yangi qo'shiq bastaladi. Bu haqida Turkman davlat televideniesi orqali uzatilgan videolavhada xabar berildi.

"Bugun hurmatli prezidentimiz o'zining yangi "Qalbimda sen" nomli qo'shig'ini ishlab tayyorladi. Bu qo'shiqda milliy liderimizning bolalik va yoshlik yillari haqidagi o'ylari va xotiralari bayon etiladi", - deyiladi mazkur lavhada.

Lavhada u palmalar rasmi bitilgan engi kalta ko'ylakni kiygan holda ikki nevarasi Karimo'g'li va Ismoilga nasihat qilayotgani, gitara chalayotgani, ritmga berilib dijeylik qilayotgani va nevaralarining xip-xop raqsini zavqlanib tomosha qilayotgani ko'rinadi.

Matbuot qattiq nazorat etiluvchi va prezident shaxsiga sig'inish kuchli bo'lgan Turkmanistonda mamlakat rahbarining sport musobaqalari, xususan mashinalar va ot poygasida g'olib chiqishi, qo'shiq kuylashi haqidagi xabarlar tez-tez berib boriladi. Ammo, uch yil avvalgi poygada otidan yiqilib hushidan ketgani ko'ringan videoni turkman televideniesi namoyish eta olmaydi.

Berdimuhamedovning sahnada muhabbat haqida gitara chalib qo'shiq aytishi va dijeylik qilishi aks etgan videolavhalar avval ham bir necha bor uzatilgan.

Uning "Faqat olg'a, mening qadrli o'lkam, Turkmaniston" nomli qo'shig'i hatto eng ko'p odamlar jo'r bo'lib aytgan qo'shiq sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgandi.

Oxirgi lavhada uning yangi qo'shig'idan bir shingil berilmagan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring