Obama: Tramp prezident bo'lishga loyiq emas

Obama Image copyright Getty Images
Image caption Obama

Prezident Barak Obamaga ko'ra, respublikachilar nomzodi Donald Tramp prezident bo'lishga noloyiqdir.

Obama shuningdek, hozirga qadar nima uchun Respublikachi partiya uning nomzodini qo'llab-quvvatlayotganiga tushunmasligini aytgan.

"Shunday vaqt keladiki, siz "yetar" deyishingiz kerak", deb aytgan Obama.

Tramp o'z chiqishlari jumladan, Iroqdagi urushda qurbon bo'lgan musulmon harbiyning ota-onasiga nisbatan hurmatsizligi yuzasidan keskin tanqidlar ostida qolmoqda.

Donald Tramp shuningdek, Qrimni Rossiya tomonidan qo'shib olishini ham dastaklagan va buning uchun o'z partiyasi a'zolari tomonidan tanqidga tutilgandi.

Obama avvallari ham Respublikachilar partiyasining nomzodlari va prezidentlari bilan turfa siyosiy-iqtisodiy masalalarda qarama-qarshi fikrlarda bo'lgani, ammo hech qachon ularni prezident bo'lishga noloyiq deb bilmaganini aytgan.

Ammo Obamaga ko'ra, Donald Tramp prezidentlikka "mutlaqo tayyor emas".

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring