“Бизда ишчи кучи жуда кўп, иш йўқ”
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Bizda ishchi kuchi juda ko'p, ish yo'q"

O'zbekiston Davlat Test markazi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yil oliy o'quv yurtlariga hujjatlarni topshirganlarning soni 660 mingdan oshgan.

Bu oliy ta'lim olish istagida bo'lgan yoshlar soni o'tgan yilga qaraganda 100 mingdan ortiq ekanini anglatadi.

Farg'onalik faol Bahodir Eliboevning aytishicha, bugungi kunda O'zbekistonda chet el universitetlari diplomlarini tasdiqlash eng katta muammo bo'lib turibdi.

Qo'shni mamlakatlarda o'qiydigan o'zbekistonlik yoshlar tahsilni tugatib qaytgach, diplomlarini notarius tasdig'idan o'tkazishda ko'pgina qiyinchiliklarga duch keladilar.

"Shuning uchun, ular O'zbekistondagi oliygohlarga topshirishni ma'qul ko'rishyapti",- deydi Bahodir Eliboev.

"Ayni muammo minglab abiturientlarni o'z vatanida o'qishga undamoqda", - qo'shimcha qiladi u.

O'zbekiston bo'ylab oliygohlarni tugatgan yoshlarga ish o'rinlari etarlimi? O'z mutaxassisligi bo'yicha ish topolmagan yoshlar oldida qanday tanlov bor?

Faol muammoga echim sifatida oliy o'quv yurtlari qoshida ish bilan ta'minlovchi muassasalarni tashkil qilish kerakligini aytadi.

"O'tmishda TashMI va SAMPI larga borib, odamlar davolanib kelishardi", deydi u.

Farg'onalik jurnalist va faol Bahodir Eliboev bilan suhbatni tinglang.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring