Xitoy: "oyog'i kerilgan" avtobus sinovi boshlandi

Image copyright AP

Xitoyning Xebey viloyatida uzoq kutilgan "oyog'ini kergan" avtobusni sinovdan o'tkazishga kirishilgan.

Transit Elevated Bus (TEB) deb atalayotgan avtobusga bunday ta'rif berilganining sababi u oyog'ini kerib pastdagi buyum ustidan oshib o'tayotgan insonni eslatadi.

Pastki poli erdan 2 metr balandlikda bo'lgan TEB "oyog'i ostidagi" avtomobillarning ustidan oshib o'tib ketaveradi.

Elektrdan quvvat oladigan avtobusning uzunligi 21 metr, eni 25 metrni tashkil etadi va 300 tachaga yo'lovchini olib yurishi mumkin.

Image copyright AP
Image copyright AP

Avtomobil yo'llarining chetida TEB uchun maxsus temir yo'l izlari o'rnatiladi va bu avtobus tezligini soatiga 60 kilometrgacha oshirib harakatlana oladi.

Agar zarur bo'lsa, to'rt avtobusni bir-biriga ulash mumkin.

Tsinxuandao shahrida 300 metrlik sinov yo'lagi tashkil qilingan va TEB avtobusi o'sha erdan sinovdan o'tkaziladi.

"Bu avtobusning eng ustun tarafi u juda ko'p joyni tejash imkoni beradi", deb aytgan loyiha injeneri Song Youjou Xitoyning davlat nazoratidagi Sinxua axborot agentligi bilan suhbatda.

"TEB bilan metroning funktsiyalari bir xil, faqat TEB uchun yo'l xarajati metro xarajatidan besh baravar kam bo'ladi", deydi boshqa bir muhandis Bai Jiming CCTV telekanaliga bergan intervyusida.

Image copyright AP

Loyiha muallifi bo'lgan shirkatdan aytishlaricha, bitta TEB avtobusi 40 tacha oddiy avtobus o'rnini bosishi mumkin.

Avtotrassa ustidan harakatlanadigan ulkan avtobusning mitti modeli shu yilning may oyida Pekinda bo'lib o'tgan Xalqaro Xaytek (High-tech) ko'rgazmasida namoyish etilgan va ko'pchilikni hayratlantirgan edi.

Xitoydagi mashhur Weibo mikroblog saytida minglab kishilar ulkan avtobus haqidagi xabar, foto va videolarni bo'lashdilar.

O'shanda TEB ixtirochisi bo'lgan shirkat avtobus sinovini avgust oyida boshlashlari mumkinligi haqida aytgan edi.

Bir loyihaning taqdim etilishi va g'oyaning hayotga tatbiq etilishi o'rtasida shuncha qisqa vaqt o'tgani ham ko'pchilikni hayratlantirayotganini ko'rish mumkin.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring