Ўзбекистонда олий таълим ва дипломнинг қиммати
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O'zbekistonda oliy o'quv yurtini bitirgan yoshlar ish topolmasalar nima qiladilar?

O'zbekistonda ne mashaqqatlar va ko'p hollarda ulkan moliyaviy sarfiyatlar bilan oliy o'quv yurtini bitirgan yoshlar o'z mutaxassisliklari bo'yicha ish topolmasalar nima qiladilar?

Ko'plarga ma'lumki, ularning o'ngida turgan tanlovlardan biri Rossiyaga yo'l olib, past malakalai va balkida qora ishlar bilan shug'ullanib, shuning ortidan pul topish.

Oxirgi 10 yillikda milliononlab Markaziy osiyoliklar, jumladan o'zbekistonliklar ham Rossiyaga pul ishlash ilinjida yo'l olganlar.

Ular orasida esa o'z vatanlarida ham mamlakatning rivoji va faravonligiga hissa qo'shishlari muhim bo'lgan malakali, oliy ma'lumotli mutaxassilar bor.

Qo'lida diplomi bo'la turib Rossiyada qora yoki past malakali ishlarni qilishga ularni undayotgan omillar nima?

8 yildan beri Rossiyada turli ishlar bilan shug'ullanib kelayotgan, o'zi ham oliy ma'lumotli filolog va hozirda bloger Shuhrat Shokirning BBC bilan suhbatda aytishicha, bir necha yil avval o'tkazilgan so'rovlar natijalari Markaziy osiyolik mehnat muhojirlari orasida 17 foizga yaqini oliy ma'lumotli mutaxassislar ekanini ko'rsatgan.

Ulardan ba'zilari o'z kasblari bo'yicha ishlayotgan bo'lishlari mumkin, lekin aksari past malakali ishlar bilan mashg'ullar.

Sabab esa o'z vatanlarida kasblari bo'yicha ish topa olmaganliklari va maoshlarning etarli bo'lmagani.

Lekin suhbatdoshimizning aytishicha, shu o'rinda o'zbeklarda "orzu-havas" deya yuritiluvchi serxarajat udamlarning ham mavjudligi xorijda daromadliroq ish o'rinlarini qidirishga undayotgan omillardan biridir.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring