"Diplom cho'ntakda, ammo ish yo'q..."

Talabalar Image copyright uza.uz
Image caption Talabalar

O'zbekistonda oliy o'quv yurtlariga kirish uchun test sinovi bo'lib o'tgan.

Davlat test markaziga ko'ra, bu yilgi abiturientlar soni 660 000 dan ko'proq bo'lgan.

Bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 100 000 ga oshib tushgan.

BBC O'zbekistondagi mushtariylaridan ayni holat nimalardan darak berayotgani, mamlakatda oliy o'quv yurtlari etarlimi deb so'ragan edik.

Facebook da anchayin qo'pollik bilan izoh qoldirgan Nadir Khalilovning yozishicha, "institutga kirmaganlar ham kallasini ishlatib ishlab yuribdi, Xudoga shukr oyligim yaxshi".

Unga javoban Odilbek Urmonov: "agar san o'zingni shunchalik uddaburon yigitman desang, oilangni olib bir qishloqqa chiqqinda, bir ikki qishni o'tkazgin, o'shandan keyin fikringni birov eshitadi".

Shuningdek, Odilbek Urmonov fikricha, mamlakatda oliy o'quv yurtlari keradigan ortiqcha, faqat ta'lim sifati yomonlashib bormoqda ekan.

Shaxzoda Rasulova: O'quv yurtlari etarli!!! shu fakat xamma o'zini viloyatiga topshirsa...

Shahriyor Samadov: O'qish mayli, ish yo'q! Diplom bilan Rossiyaga ketvorib, Karimovning "dangasasi" millionlab desak bo'ladi. Hukumatning ishi yo'q, xalq bilan, yoshlar bilan...

Xamida Xasanova : Hukumat yana nima qilib berishi kerak? Odam o'zi harakat qilsa hammasi bo'ladi. Dangasalar yotvolib ish yo'q, pul yo'q deb yotadi, oxirida hukumat, Karimov aybdor. Ollohga shukr qilsalaringchi... Omadsizlar o'z omadsizligiga xalq, hukumatni aybdor qiladi.

Jahongir Safaeyv esa abitiruentlarning ko'payganini "o'qishga bo'lgan talab kuchayganidan" darak deb bilishini yozgan.

Munisa Mannonovnaga ko'ra, "...yoki aholi soni ko'paygan"...

Diplomi borlarga ish o'rinlari etarlimi?

Yana bir mavzumiz oliy o'quv yurtlarini tugatgan yoshlarga ish o'rinlari etarli yoki yo'qmi degan savolga jam bo'lgan edi.

O'z mutaxassisligi bilan ish topolmagan yoshlar nima qilishadi?

Rossiyaga diplomi bilan ketayotganlar, ularning taqdiri qanday?

Mastura Nurmatova: Butun dunyoda shu muammo ukishni bitirib ish topilmasligi nima kilardi boshka ish topadi.

Shoxobiddin Xasanov: Men oliy ma'lumotliman, ish qidirib borsak, o'rta-maxsus diplomlilarni olishadi, bizni emas. O'zidan qo'rqishadi...

Faxriddin Soli: Agar xaqiqiy mutaxasis bo'lsa ish topadi.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring