Ozodlik radiosi muxbirining ukasi qamalgan

Ozodlik radiosi web sahifasi Image copyright Radio Liberty
Image caption Ozodlik radiosi web sahifasi

O'zbekistonda sud Ozodlik radiosi muxbirining ukasi Aziz Yusupovni giyohvand moddalar savdosi bilan bog'liq jinoyatlarda ayblab 8 yillik qamoqqa hukm qildi.

Ozodlikning xabar qilishicha, Aziz Yusupovni sud jarayonida himoya qilish uchun advokat Milliy Xavfsizlik Xizmati tomonidan tayinlangan.

Yusupovning oilasiga ko'ra, advokat ayblanuvchini o'zi qilmagan jinoyatlarga iqror bo'lishga majburlagan.

Bir kunlik mahkama davomida Aziz Yusupovga qo'yilgan aybni tasdiqlovchi biror isbot-dalil taqdim etilmagan.

"Bu harakat O'zbekiston hukumatining Ozodlik jurnalistlarini erkin axborot tarqataëtgani uchun qo'rqitish urinishining yangi ifodasidir. Biz muxbirlarimiz ovozini o'chirish uchun qilinaëtgan bunday urinishlarni keskin qoralaymiz", - deyiladi Ozodlik radiosi prezidenti Tomas Kent 3 avgust kuni e'lon qilgan baënotda.

Ozodlik xabar qilishicha, Yusupov janoblari tergov davomida o'ziga qarshi qo'yilgan ayblovlar bir necha marta o'zgartirilgani va bundan maqsad unga qarshi og'irroq jazo tayinlash bo'lganini aytgan.

Yusupov avval ham, 2013 yil mart oyida Milliy Xavfsizlik Xizmati nishoniga aylangani aytiladi.

Ozodlik radiosiga ko'ra, unda xavfsizlik agentlari uning akasining Ozodlik radiosiga ishlashi va uning o'zi radioga bergan intervyularini ro'kach qilib, uning hujjatlari va kompyuterini musodara qilgan.

Ozodlik radiosi bildirishicha, O'zbekiston hukumati o'tgan bir necha oy davomida Ozodlik radiosi xodimlarining qarindoshlarini so'roq qilgan.

O'zbekistonda siyosiy faollar va tanqidchilarga qarshi narkotiklarga bog'liq ayblovlar ilgari surilishi odatiy holdir. 2008 yilda nukuslik mustaqil jurnalist Solijon Abdurahmonov giyohvand moddalarni tashishda ayblanib 10 yilga qamalgandi.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring