O'zbekiston: Rioga 100 dan ortiq sportchi bilan

Осиё Ўйинлари Image copyright AFP

Toshkentdan olingan eng so'nggi rasmiy xabarlarga ko'ra, XXXI Rio Yozgi Olimpiada va Paralimpiya O'yinlarida O'zbekistonni xuddi shuncha sondagi sportchisi namoyon etadi.

Qo'lga kiritilgan yo'llanmadan 70 tasi o'zbekistonlik olimpiyachilar, qolgani paralimpiyachilar hissasiga to'g'ri keladi.

Agar qiyos uchun olinsa, so'nggi London Yozgi Olimpiada O'yinlarida O'zbekiston sharafini 63 nafar olimpiyachisi himoya qilgan.

O'zbekistonlik yuzga yaqin olimpiyachi Rio Yozgi Olimpiada O'yinlarining ko'plab sport turlari, jumladan, erkin kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, suzish, taekvondo, badiiy, sport gimnastikasi, baydarka va kanoeda eshkak eshish, engil va og'ir atletika, tennis va trampolindan sakrash,..bo'yicha sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi.

Bu sportchilar orasida Rishod Sobirov, Abdulla Tangriev, Bahodir Jalolov, Oksana Chusovitina, Ekaterina Xilko kabi Yozgi Olimpiada O'yinlarida katta tajribaga ega, jahon va qit'a miqyosidagi eng nufuzli bellashuvlarning sovrindorlari bo'lgan nomdor sportchilar kam emas.

Riodagisi - O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etayotgan oltinchi Yozgi Olimpiada O'yinlari bo'ladi.

O'zbekiston bu O'yinlarda 5 ta oltini doxil ja'mi 20 ta medal qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan.

O'zbekistonlik olimpiyachilar hisobidagi eng ko'p medallar kurashchilari va bokschilari hissasiga to'g'ri keladi.

Ammo dzyudo va gimnastika bo'yicha O'yinlarning sovrinli o'yinlariga ko'tarilgan o'zbekistonlik olimpiyachilar ham oz emas.

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasini Rioga kuzatish marosimi shu yilning 20 iyul kuni poytaxt Toshkentda bo'lib o'tgan.

Tantanali bu tadbirga O'zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning shaxsan o'zi boshchilik qilgan.

Rioda 5 avgust kuni bo'lib o'tajak rasmiy ochilish tantanalarida bayroqdor etib boks va engil atletika bo'yicha jahon chempionati sovrindorlari Bahodir Jalolov va Husniddin Nurbekovlar tanlangan.

5 avgust kuni rasman start olajak Rio Yozgi Olimpiada O'yinlari 21 avgustga qadar davom etsa, Paralimpiya O'yinlari 7 va 18 sentyabr oralig'ida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi va hay'ati shu yilning 1 avgust kuni Rioga jo'nab ketgan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring