Rio 2016: "O'zbekiston to'liq tarkibda boradi"

Rio va Zika virusi Image copyright AP

O'zbekistonlik mas'ullarga ko'ra, Zika virusi bilan bog'liq mavjud xavotirlarga qaramay, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Rio Yozgi Olimpiada O'yinlariga to'liq tarkibda boradi.

Bu haqda BBC O'zbek Xizmatiga O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi matbuot xizmati vakili bildirdi.

Vakilga ko'ra, bu borada xavotirlari yo'q: Jamoa a'zolarini Zikadan ogohlantirish, o'z-o'zlarini virusdan muhofaza eta olishlari uchun maxsus seminarlar ham yo'lga qo'yilmoqda.

Yaqinda aynan Zika bezgagi bilan bog'liq xavotirlari bois, dunyoning yuzdan ortiq etakchi olimlari Jahon Sog'liqni saqlash tashkilotiga ochiq maktub yo'llashgan.

Xalqaro tashkilotni bezgak epidemiyasi bois, Rio Yozgi Olimpiada O'yinlarini boshqa payt yoki erga ko'chirishga da'vat etishgandi.

Ochiq maktub

Ochiq maktub 125 nafar tibbiyot eksperti tomonidan imzolangan, ularning orasida Oksford, Garvard va Yel Universitetlarining taniqli mutaxassislari ham bor edi.

"Butun dunyodan O'yinlarda ishtirok uchun kelgan 500 ming nafar chet ellik yo'q joydan o'z hayotlarini tavakkal ostiga qo'yishlari mumkin. Bu odamlar virus tashuvchilariga aylanishlari, uyga qaytgach, u borgan joylarida yangi epidemiya chaqirishi mumkin", - deb yozilgandi bu ochiq maktubda.

Olimlarning ta'kidlashlaricha, Olimpiya O'yinlarini epidemiya avj olgan bir paytda o'tkazish axloqqa zid bir ish bo'ladi.

Ularga ko'ra, xuddi shu bois ham, Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti Zika bilan bog'liq tartib-qoidalar va cheklovlarni qayta ko'rib chiqishi lozim.

Ammo o'tgan oy Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi bunga javoban xos bayonot bilan chiqqan, Braziliyadagi Zika epidemiyasiga qaramay, Rio Yozgi Olimpiada O'yinlarining joy va vaqtini o'zgartirishga hojat ko'rmasliklarini bayon qilgandi.

Bu yilgi Yozgi Olimpiada O'yinlari 5 avgust kuni start oladi va 21 avgustga qadar davom etadi.

O'tgan yil Braziliyada boshlangan Zika bezgagi epidemiyasi orada jahonning 60 dan ortiq davlatini qamrab olishga ulgurgan.

Zika bezgagining alomatlari u qadar og'ir emas, ammo asoratlari o'zining qanchalik jiddiyligi bilan olimlarni qo'rqitmoqda.

Ya'ni, bezgak o'tkazgan ayollarning bolalari mikrotsefaliya (miyaning chala rivojlanishi) bilan tug'ilishsa, katta yoshlilarda o'ta og'ir va ba'zida halokatli nevrologik sindromlar kuzatilgan.

Giyen-Barre sindromi o'tkir mushak zaifligi va shuning barobarida nafas yo'llari falajligini chaqirishi bilan xarakterlanadi.

Bu kabi alomatlar esa, VICh virusiga chalingan bemorlarda kuzatiladi, xolos.

Miyaning noqisligi sabab, tana a'zolaridan qaysidir birining hayotiy muhim vazifani bajara olmasligi bolalarda ham fojeaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring