Turkiyadagi vaziyat qirg'izistonliklarga ta'sir qildi

O'sh

Turk hukumati yopgan oliy o'quv yurtlarida o'qigan va tashkilotlarda ishlagan qirg'izistonliklarni qayga borari noma'lumligicha qolmoqda.

Ularning ayrimlari o'z ixtiyorlari bilan Qirg'izistonga qaytayotgani aytilmoqda. Shuningdek turk hukumati yopilgan universitetlarning studentlariga boshqa ta'lim maskanlarida o'qishlarini davom ettirish imkoniyatini berishi haqida e'lon qilgan.

Qirg'izistonning Tashqi Ishlar vazirligi ishsiz qolgan va o'qishdan chiqqan qirg'iz fuqarolaridan murojaatlar kelmaganini bildirmoqda.

Turkiyada Fathulloh Gulenga tegishli 15 universitet yopilgan. Mazkur oliy o'quv yurtlarida 161 qirg'izistonlik talabalar tahsil olib kelgan. Bu haqda Turkiya hukumati qoshidagi Oliy ta'lim berish maussasining rasmiy saytida ma'lumot joylashtirilgan.

Saytdagi e'longa muvofiq, hukumat tarafidan yopilgan xususiy universitet talabalari endi davlat o'quv yurtlariga o'ta oladilar. Ularga bungacha to'lagan o'quv haqlarini endi davlat o'quv yurtlariga to'lash sharti qo'yilgan.

Yopilgan o'quv yurtlari orasida Istambuldagi "Fotih" universiteti ham bor. Mazkur o'quv yurti qoshidagi tibbiyot klinikasida ishlab, biroq u yopilganidan keyin o'z davlatiga qaytishga majbur bo'lgan qirg'izistonlik Almaz Akibaev hukumat talabalarga olis hududlardagi bilim saviyasi past o'quv yurtlarida o'qishlarini tavsiya qilgan.

"Misol uchun, talabalarga Turkiyaning Diyarbakir viloyatidagi davlat o'quv yurtida o'qishlik taklif qilinibdi. Turk hukumati "shunday imkoniyat bo'ladi, biroq Istambuldagi "Fotih" universitetidagi yillik o'quv haqqini to'laysizlar" degan shart qo'ydi. Biroq, "Fotih" universiteti bilim berish sifati bo'yicha Turkiyadagi oldingi eng yaxshi o'n o'quv yurtiga kirardi. Endi bunday taklif bo'lganidan keyin, talabalar qaerga borishlarini o'zlari hal qilsalar kerak" - deydi Almaz Akibaev.

Turkiya hukumatining Oliy ta'lim berish muassasi ma'lumotiga muvofiq, bu davlatda 1994 qirg'izistonlik talaba tahsil oladi.

Turkiyada tahsil olgan xorijlik talabalar soni bo'yicha eng ko'p ko'rsatkich Ozarbayjonga ta'luqli. Bu davlatning 12 ming talabasi Turkiyada o'qiydi. Talabalarning soni bo'yicha Qirg'iziston Eron, Iroq, Qozog'iston, Turkmaniston, Suriya va Gretsiyadan keyin 7 o'rinda turadi.

Qirg'iziston ta'lim vaziri muovini To'qto'bubu Ashimbaev o'qishdan chiqqan qirg'izistonlik talabalardan rasmiy murojatlar kelmaganini aytadi.

"Bizga Turkiyada o'qigan talabalardan murojat bo'lsa, albatta u masalani o'rganib chiqamiz. Rasmiy ma'lumotlarda qirg'izistonliklar taxsil olayotgan aniq o'quv joylar nomlari aytilgani yo'q. Hozircha yopilgan universitetlarning soni bo'yichagina ma'lumotlar berilmoqda. Shuning uchun, qaysi o'quv yurtlarida qanday talabalar o'qigan ta'lim dargohlari yopilgani haqida hozircha bizning xabarimiz yo'q. Agar u ma'lumot aniqlansa, uni albatta, har bir talabaning murojaati asosida o'rganib chiqamiz. Ularning ahvoliga biz e'tiborsizlik qilolmaymiz. Sababi, ular bizning fuqarolar. U erda asosan hususiy o'quv yurtlarida bilim olayotganlar bor. Har bir xolatni alohida o'rganish kerak" - deya tushuntiradi To'qto'bubu Ashimbaev.

Turkiya hukumati 15 iyulda amalga oshmay qolgan "harbiy inqilob"da Fatulloh Gulen harakatini ayblab, unga aloqador o'quv yurtlarini yopgan. Tashqi Ishlar vaziri Qirg'izistonni ham huddi shunday qaror qabul qilishga chaqirgan. Biroq, rasmiy Bishkek Anqaraning bu talabiga javoban, bu davlatning ichki ishi ekaning aytib, unga chetdan aralashuvga hech kimning haqqi yo'qligi haqida ogohlantirgan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring