"Paralimpiya qo'mitasining qarori "noinsoniy"

Rio de Janeyrodagi Paralimpiya o'yinlari ramzi Image copyright PA

Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi(XPQ) butun boshli Rossiya terma jamoasini 7 sentyabrda Rio-de-Janeyroda boshlanadigan Paralimpiya O'yinlaridan chetlatish haqida qaror qabul qilgan.

Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi qarorini Rossiya rahbariyati g'azab bilan qarshi oldi.

Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko va Rossiya Paralimpiya qo'mitasi prezidenti Vladimir Lukin XPQning qarori ustidan Lozannadagi Sport Arbitraj mahkamasi(CAS)ga shikoyat bilan murojaat qilishlari haqida aytganlar.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi so'zchisi Mariya Zaxarova XPQ qarorini "noinsoniy" deb ta'riflagan.

XPQ o'tgan oy e'lon qilingan dopingga bag'ishlangan hisobot ortidan tekshiruv boshlagan edi.

WADA hisoboti, Rossiya davlati doping dasturini qo'llab-quvvatlaydi, degan xulosaga kelgan edi.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi butun boshli Rossiya jamoasini olimpiada o'yinlaridan chetlatmaslikka qaror qilgan.

Image copyright PA
Image caption Rossiya hokimiyati o'zining paralimpiyachi sportchilariga pand berdi, deb aytgan ser Filip Kreyven

Rossiyalik 270 dan ortiq sportchi Rioga borgan.

Rossiyalik 267 paralimpiadachi esa 18 sport turi bo'yicha Braziliyaga borishni rejalagan edilar.

XPQ WADA mas'ullari va hisobot mualliflari hamda Rossiya Paralimpiya qo'mitasi hay'ati bilan muloqotlardan keyin o'zining yakuniy qarorini e'lon etgan.

Rio-de-Janeyroda matbuot anjumani tashkil qilgan Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi rahbari ser Filip Kreyven Rossiya aksildoping tashkilotiga ishonib bo'lmaydi, deb aytgan.

"Rossiya aksildoping tizimi sindirilgan, korruptsiyaga botgan va butkul o'z obro'sini yo'qotdi", deb aytgan ser Filip Kreyven.

"Men o'ylaymanki, Rossiya hokimiyati o'z paralimpiadachilarga pand berdi. Men ularning "medal axloqdan muhimroq" degan yondashuvidan jirkanaman", deb aytgan XPQ rahbari.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring