Erdo'g'on o'lim jazosi tiklanishiga qarshi emas

Istanbul
Image caption Istanbul

Istanbulda eng kamida million kishi harbiy to'ntarish urinishini qoralab namoyishga chiqqan.

Mahalliy telekanallarga ko'ra, namoyishlarga besh millionga qadar odam yig'ilgan.

Prezident Erdo'g'on agar parlament va jamoatchilik o'lim jazosini tiklash tarafdori bo'lsa, u bunday bir qarorga qarshi chiqmasligini aytgan.

Erdo'g'on shuningdek, davlat harbiy to'ntarishga urinishda ayblangan Fathulloh Gulenning barcha tarafdorlaridan tozalanishini urg'ulagan.

AQShda yashayotgan Gulen harbiy to'ntarish ortida turganini rad qiladi.

Namoyishda Turkiyaning uch yirik muxolifat partiyasidan ikkitasi ishtirok etgan.

Kurd partiyasi esa namoyishga taklif etilmagan.

15 iyul harbiy to'ntarish harakatida 270 dan ortiq inson qurbon bo'lgandi.

Uning ortidan hukumat avvallari misli ko'rilmagan "tozalash" amallarini o'tkazishda ayblandi.

G'arb davlatlari hukumatning to'ntarish harakatiga munosabatini tanqid ostiga oldi.

Gulen kim?

AQShda yashab keladigan taniqli turkiyalik diniy da'vatchi Fathulloh Gulen prezident Erdo'g'ondan keyingi ikkinchi ta'sir doirasi kuchli inson hisoblanadi.

Fathulloh Gulen va Rajab Toyib Erdo'g'on safdosh bo'lishgan, so'ng oralaridagi munosabat yomonlashgan.

Turkiya hukumati 15 iyul kunidagi davlat to'ntarishiga urinish ortida Fathulloh Gulen turganini aytadilar va AQShdan uni topshirishni talab qiladi.

Barbod bo'lgan davlat to'ntarishiga urinish ortidan Turkiya hukumati Fathulloh Gulen va gulenchilarga aloqadorlik gumoni bilan 60 mingdan ortiq kishi hibsga olingan, ishlaridan haydalganlar yoki tergov qilina boshlagan.

Ular orasida harbiylar, hakamlar, universitet o'qituvchilari, jurnalistlar va boshqa davlat idoralari xodimlari bor.

Hukumat gulenchilarga aloqador deb 2000 dan ortiq tashkilot faoliyatini to'xtatishga qaror qilgan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring