Sportchilаr orаsidа hojаmot ommаlаshmoqdа

Image copyright Ryan Pierse
Image caption Mаykl Felps

Qator olimpiyachilar, jumladan Olimpiada o'yinlari tarixidagi eng titulli sportchi amerikalik Maykl Felps tanasida katta qizil aylanalar bilan suratga tushganlari ko'rinadi.

U nima va nega ular badanida sirli nuqtali izlar paydo bo'lmoqda?

Rio Olimpiadasida suzuvchi va gimnastikachilar, xususan AQSh jamoasi sportchilari bunday qiziq dumaloq izlar bilan musobaqalarga chiqishdi.

Bu qadimiy terapiya turlaridan bo'lgan «qon chiqarish» dan qolgan iz bo'lib, qizdirilgan shishachalar teriga qo'yiladi.

(Sharqda bu albatta «hojamot» nomi bilan mashhur va tanish-tahr.)

Qon chiqarish- hojamot qaynoq suyuqlikni shishada yondirish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Bu hojamotmi?

Olov o'chgach, harorat pasayib shisha idishcha teriga so'riladi.

So'rilish orqasida teri tortiladi va qon yig'iladi, bu esa qizil izlarni qoldiradi. Hojamot odatda 3-4 kun davomida qilinadi.

Nima uchun ba'zi olimpiyachilar undan foydalanadilar?

Sportchilarning aytishicha, hojamot og'riqni engillashtiradi va organizmni qayta tiklanishiga yordam beradi.

Image copyright Getty Images
Image caption Аleks Nаddur

Jismonan tiklanishning boshqa usullari ham bor. Sport massaji, sauna, muzli vannalar jumladan.

Amerikalik gimnastikachi Aleks Naddurning USA Todayga aytishicha, hojamot yoki ularning aytishicha, «qon chiqarish»ni bularning ichidan eng yaxshisi deb hisoblaydi.

«Bu meni yil bo'yi sog'lom saqlagan, meni ko'p og'riqlardan xalos qilgan sirlardan biridir», deydi sportchi ro'znomaga.

Uning jamoasi sardori Kris Bruksning qayd etishicha, ko'p sportchilari «qon chiqarish»ni o'zlari o'rganib olganlar yoki bir-birlariga yordam berishadi.

Erkaklar o'rtasida 4x100m lik masofaga suzishda qatnashgan Maykl Felps tanasida ko'rinib turgan qizil dog'lar ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingan. Ba'zilar fikricha, u peyntbol o'ynagan yoki ulkan osminog hujumiga duch kelgan bo'lishi mumkin. Boshqalar u oltin medallari bilan uxlagan deb hazil qilganlar.

Image copyright Twitter

Yana kimda uchradi?

Faqat sportchilargina qon chiqarishdan foydalanmaydilar. Tajriba ko'rsatishicha, ko'pgina kino yulduzlar orasida ham qon chiqarish yoki hojamot eng yaxshi terapiya sifatida mashhur bo'lib ulgurgan.

Image copyright LFI
Image caption Gvinet Peltrou

2004 yilda Gollivud yulduzi Gvinet Peltrou filьm premьerasi payti elkasida qizil izlar- qon chiqarilgani belgilari bilan kelgan.

Jastin Biber, Viktoriya Bekxem va Jennifer Eniston ham qizil izlar bilan suratga tushganlar.

Nikol Richi otasi Layonel Richiga qizdirilgan bankalar qo'yib qo'yadi. Suratlardan u qon chiqarishdan ko'p ham rohatlanmagani ko'rinadi.

Bu usul go'zallik salonlari va spalarda ommalashdi, shuningdek, an'anaviy xitoy do'konlarida taklif qilinadi.

Bu og'riqlimi?

Image copyright Getty Images

Britaniya nina bilan davolash markazi (BAcC)ga ko'ra, qon chiqarish-hojamot og'riqli emas, terida qolgan qizil dog'lar qon tepaga ko'tarilishi va mayda kapillyarlar yorilishi sababli paydo bo'ladi.

Boshqa tomondan Maykl Fleps va boshqa sportchilar hojamot paytida og'riqdan qiynalayotganlari aks etgan suratlarni joylaganlar.

Image copyright Instagram

AQShlik suzuvchi Natali Kaflin o'zining ko'ksiga bankalar qo'yilgan surati ostiga «Kulyapman, chunki bu juda og'riqli» deb izoh qoldiradi.

Image copyright AFP

Belorus suzuvchisi Pavel Sankovich ham oyog'iga o'nlab mayda bankachalar qo'yilgan suratini joylashtirgan internetga.

Britaniya nina bilan davolash markazi «ba'zan qaynoq idishchalar engil kuyishni sodir etishidan ogohlantiradi va hojamot talablariga rioya qilishni, uni maxsus tayyorlangan mutaxassislar amalga oshirishi kerakligini maslahat beradi.

Bu nimaga o'xshaydi?

Buni tushuntirishning yagona yo'li uni sinab ko'rishdir.

BBC News amaliyotchi Jaki Longni Londondagi an'anaviy Xitoy tibbiyot markaziga borib, hojamotni kuzatishiga imkon yaratib bergan.

Terini tortib turgan idishning ko'rinishi hojamotni ilk bor sinagan kishida qo'rquv uyg'otishi mumkin. Hojamotning ko'rinishi uni his qilgandan ko'ra qo'rqinchliroq ko'rinadi. Germetik, bosim va issiqlikda bo'lgan idish biroz noqulay, lekin og'ritmaydi.

Image copyright Getty Images

Xitoylik suzuvchi Van Tsyunь 2008 yil Pekin olimpiadasida musobaqaga chiqishdan oldin qon chiqarish qilgan.

Issiq bankachalar qo'yilganidan 10 daqiqa o'tib, issiqlik saqlanib turadi. Bu haqiqatdan ham ish beradimi?

Sinab ko'rganlarga ko'ra, qon chiqarish juda ko'plab kasalliklarga davo hisoblanadi.

Og'riqni qoldirish, muskul muammolari, artrit, uyqusizlik, tsellyulitni bartaraf etadi va boshqa ichki kasalliklarni davolaydi .

Qariyb 20 yildan beri "banka qo'yish"dan foydalanadigan janob Longning aytishicha, hojamot Xitoy tibbiyotida tsi sifatida mashhur energiya oqimining tana atrofida aylanishiga va o'zining muvozanati- "inь va yanь"ni saqlashga yordam beradi.

Unga ko'ra, idishning izi tanada qanchalik o'tkir bo'lsa, bu o'sha joyda qon aylanishi yaxshi emasligini anglatadi.

Mijozlarni 3000 yildan beri qoniqtirgan hojamot tibbiyotda hali isbot qilinmagan, deydi Ekzeter Universiteti professori Ernest Edzart Bi-bi-siga.

Uning ta'kidlashicha, bu xavfsiz amaliyotdir, lekin klinik tadqiqotlarda hojamot amalga oshirilmagan.

Bu qachon boshlangan?

Image copyright Getty Images

Hojamot Xitoyda 3000 yil oldin paydo bo'lgan, deydi Long. So'ngra Misr, Yaqin Sharq va butun dunyoga tarqalgan.

Shisha idishlardan oldin bambukdan tayyorlangan idishchalardan foydalanilgan.

Image copyright Getty Images

Xitoyda va aksariyat musulmon mamlakatlarda qon chiqarish hojamot sifatida tanilg

Janob Longga ko'ra, g'arblik ko'p odamlar hojamotni qabul qilishlari qiyin, biroq Xitoy tibbiyotida unga detoksikatsiya turi sifatida qaraladi va juda mashhurdir.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.an.