Iroqda 12 chaqaloq yong'inda halok bo'ldi

Iroq yong'in Image copyright Reuters

Iroq rasmiylariga ko'ra, poytaxt Bog'doddagi kasalxonada yuz bergan yong'in oqibatida kamida 12 chaqaloq hayotdan ko'z yumgan.

Etti go'dak va 29 ayol yaqin oradagi kasalxonalarga yotqizilgan. 19 nafariga kuyish va nafas bo'g'ilishiga qarshi muolajalar ko'rsatilgan.

Yong'in seshanba kechasi shahar g'arbidagi Yormuq kasalxonasi tug'ruq bo'limida kelib chiqqan. Mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi bildirishicha, hodisaga elektr nosozligi sabab bo'lgan. Olov uch soat davomida o'chirilgani aytilmoqda.

Iroqda elektr tizimlaridagi nosozliklar bois tez-tez yong'inlar sodir bo'lib turadi.

Vafot etganlarning g'azablangan qarindoshlari kasalxona atrofida yig'ilganlar. Ular hukumatni hodisada ayblaganlar.

30 yoshli quruvchi Xusayn Umarning Associated Pressga aytishicha, o'tgan hafta tug'ilgan egizak farzandlari nobud bo'lgan.

Tug'ruqxona rahbarlari dastlab bolalarini boshqa kasalxonadan qidirishni maslahat berganlar. Lekin ularni topa olmaganidan so'ng, morgga borishini aytganlar.

"Men bir siqim kuygan go'shtni topdim", deydi u. "Men qiz va o'g'limni qaytarishlarini xohlayman. Hukumat ularni qaytarib berishi kerak menga" deydi Umar.

"Men farzand ko'rishim uchun uzoq davolanganman. Ularni qo'lga oldim deganimda yo'qotdim", deb yig'laydi uning xotini.

Image copyright Reuters

Xavfsizlik kuchlari tug'ruqxona atrofini o'rab qo'yganlar.

41 yashar Ahmad Yashar ham to'rt kunlik jiyanini topolmayotganini so'zlaydi:

"Men tong sahar jiyanim va uning onasini ko'rgani keldim. Lekin ular yong'in haqida aytishdi. Mening jiyanim haligacha hech qaerda yo'q, uning onasi boshqa kasalxonada hozir".

Biz kasalxona xodimlariga yaqinlarimiz uchun minglab iroq dinorlarini to'laymiz. Bu korruptsiyalashgan hukumat o'zining fuqarolari haqida qayg'urmaydi, deydi u g'azabda.

Reuters agentligiga ko'ra, Yarmuq kasalxonasidagi ahvol juda abgor. Tozalik talabga javob bermaydi, tarakanlar chopib yuribdi. Bemorlar tashqarida nosilkalarda yotishibdi. Hamma yoq axlatga to'la, ahvolni tasvirlaydi agentlik suratlarda.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring