Ислом ва исроф
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Islom va isrof

BMT bir necha yil avval Ovro'po davlatlarida inson iste'moli uchun ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarining 40 foizchasi chiqindiga chiqarilayotgani haqida ogohlantirgandi.

BMTning Oziq-ovqat va Agrosanoat tashkiloti vakili BBC bilan suhbatda isrofgarchilik muammosi ham badavlat va ham rivojlangan mamlakatlarga xos ekanligi, ammo turli rivojlanish bosqichida bo'lgan davlatlar uchun muammoni keltirib chiqarayotgan sabablar ham turlicha ekanligini aytdi.

Islomda isrofga munosabat salbiy ekanligi ma'lum. Lekin shunga qaramay, aksar aholisi musulmonlar bo'lgan mamlakatlarda ham isrofgarchilik ro'y bermoqda? Nima uchun?

Hozirda Turkiyada istiqomat qilayotgan siyosiy faol va bloger Namoz Normo'minning aytishicha, u yerda ham isrofgarchilik keng tarqalgan.

Mahalliy matbuot xabarlarida aytilishicha, Turkiya bo'ylab kuniga 5 million dona non chiqindiga tashlanadi.

Namoz Normo'minning aytishicha, bundan tashqari zamonaviy yashash tarzi, boshqalardan ortda qolmaslik urinishi nafaqat oziq-ovqat, balki boshqa mahsulot va ashyolarning ham isrof bo'lishiga olib kelmoqda.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring