Rossiya Halabda "insonparvarlik otashkesimi" e'lon qildi

Suriya
Image caption Oxirgi oylarda Halab uchun janglar yanada jadallashgan

Rossiya qamal ostidagi Halabga insonparvarlik yordamlarini o'tkazish maqsadida harbiy harakatlarni uch soatga to'xtatishga tayyorligini e'lon qilgan.

BMT yordam etkazish uchun kamida 48 soat vaqt zarurligini aytgan, ammo Rossiyaning bir tomonlama otashkesim taklifini ko'rib chiqishini bildirgan.

Oxirgi oylarda Halabda Rossiya havodan dastaklayotgan Suriya hukumat kuchlari va muxolifat guruhlari o'rtasida qaqshatqich janglar kechmoqda.

Suriyaning ikkinchi yirik shahri bo'lgan Halab taqriban teng ikkiga bo'lingan; uning g'arbiy qismini Bashar Asad kuchlari, sharqini esa muxoliflar nazorat qilishmoqda.

O'tgan hafta isyonchilar qamalni yorib o'tishga muvaffaq bo'lganliklarini aytishgan, ammo Suriya hukuamati buni tasdiqlamagan.

Image caption Halab sharqida hanuzgacha 250 ming aholi istiqomat qiladi

Birlashgan Millatlarning ma'lumoticha, Halab sharqida hozirgacha 250 ming odam yashab kelmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligining aytishicha, 11 avgust kuni shaharda janglar uch soatga - soat 10 dan 13 gacha to'xtatiladi.

Suriyach davlat matbuoti Halabdagi insonparvarlik amaliyoti haqida o'tgan oy oxiridan buyon xabar tarqatib keladi.

Rasmiy matbuotga ko'ra, o'nlab oilalar insonparvarlik yo'lagi orqali Halabning sharqiy mintaqalarini tark etishga muvaffaq bo'lishgan.

Payshanba kuni halablik bir guruh shifokorlar AQSh Prezidenti Barak Obamaga murojaat qilib, urush ichida qolgan 250 ming tinch aholiga yordam berishni so'rashgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring