Olmoniya yangi askilterror qonunlarni ko'rib chiqmoqda

Olmon politsiyasi Image copyright Getty Images
Image caption Olmon politsiyasi

Olmoniya Ichki ishlar vaziri so'nggi paytlar ro'y bergan hujumlar manzarasida yangi aksilterror qonunlarni oshkor qilmoqda.

Vazir Thomas de Maiziere jinoyatchi muhojirlarni imkon qadar tezroq ortga qaytarish, video kuzatuvlardan ko'proq foydalanish kabi yangi qoidalar tarafdori.

Ayrim musulmon davlatlarida kiyiladigan paranji-burqa ham taqiqlanishiga doir rejalar bor.

Radikal islomchilar tomonidan masjidlarni moliyalash ham taqiqlanadi.

Ikki fuqarolikni ham taqiqlash ehtimoli hamda tibbiy ma'lumotlarni oshkor etilishini osonlashtirishga doir takliflar qizg'in mubohasalarga sabab bo'lgandi.

Image copyright EPA
Image caption Burqa

Olmoniya matbuoti xabarlariga ko'ra, sotsial-demokratlar (SDP) va nasroniy-demokratlar (CDU) ikki fuqarolik huquqini bekor qilishga jiddiy qarshi mavqeni egallashgan. Yashillar partiyasi ham bu rejaga qarshi chiqmoqda.

Kuzatuvchilarga ko'ra, kelasi yilga rejalangan saylovlardan avval har tomon xavfsizlik masalasini siyosiylashtirmoqda.

Shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligiga nima bo'ladi?

Olmoniya konstitutsiyasida shifokorlarning bemor shaxsi daxlsizligini hurmat qilishi majburiyati alohida o'rin egallaydi.

Ammo yaqindan beri ayni daxlsizlik masalasi borasida turfa fikrlar o'rtaga otilmoqda.

Ayrimlar agar shifokor o'z mijozining terror hujumi rejalayotgani yoki uning terrorchi tarmoqqa aloqasi borligidan xabari bo'lsa, unda bu haqda politsiyani ogoh etishi kerak, deb ishonadilar.

Olmoniyani larzaga solgan uchta hujumda ham shubha qilinganlar ruhan beqaror bo'lishgani aniqlangan:

•O'tgan oy Ansbach hujumchisi o'zini o'ldirdi, 15 kishini yaraladi

•Myunxendagi savdo markazida 9 kishini o'ldirgan hujumchi

•2015 yilda Germanwings uchog'i halokati - uchuvchining ruhan beqaror ekani ma'lum bo'lgan

Xatar

Bavariya josuslik xizmatlarining mulozimlaridan biri Manfred Hauser BBC bilan suhbatda Olmoniyaga yirik hujum uyushtirilishi ehtimoli yuqori ekanligini aytgan.

Uning aytishicha, Olmoniya xavfsizlik xizmatlari IShID muhojirlar niqobi ostida o'z a'zolarini mamlakatga yuborayotganiga doir axborotlarni tekshirmoqda.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring