Mehnat muhojirlari Moskvani boyitmoqda

Migratsiya markazi qarshisida Image copyright BBCUZBEK
Image caption Migratsiya markazi qarshisida

Rossiya matbuoti xabarlariga ko'ra, mehnat muhojirlari to'laydigan turfa soliqlar, poytaxt Moskvadagi neft shirkatlarinidan ham ko'proq bo'lgan.

2016 yilning birinchi yarmida har kuni Moskvadagi muhojirlar markaziga 1200ga qadar mehnat muhojirlari murojaat qilishgan.

Moskva mulozimlariga ko'ra, ilk bor shahar byudjetiga tushgan soliqlar hajmi neft kompaniyalaridan tushadigan daromaddan 2,3 foizga ko'p bo'lgan.

Mehnat muhojirlaridan tushgan jami soliqlar qariyb 7 milliard rublga teng bo'lgan.

Moskvada ishlayotgan muhojirlarning 43 foizi O'zbekiston, 30 foizi Tojikiston va yana 13 foizi Ukraina fuqarolari ekan.

Moskva baribir ko'z yoshlarga ishonmaydi...

Image copyright BBCUZBEK
Image caption "Rezina" kvartirlardagi yotoq

Markaziy Osiyo va boshqa sobiq Sho'ro davlatlaridan kelganlar to'layotgan soliqlar bilan Moskva boyib borayotgan esa-da, mehnat muhojirlari uchun Moskvada ishlashu yashash tobora og'irlashib bormoqda.

2016 yilda Rossiyada mehnat qilayotgan muhojirlarning ish haqini undirishda turli xil qiyinchiliklarga duch kelishayotgani haqidagi xabarlar matbuotda tez-tez ko'zga tashlanmoqda.

Jumladan, "Novaya gazeta" haftaligida chop etilgan maqolada O'zbekistonning Qashqadaryo viloyatidan mardikorlikka kelgan Salohiddin Xurramov ismli yigit haqida so'z boradi.

Asli kasbi iqtisodchi bo'lgan Salohiddin 2009 yildan buyon Moskva ko'chalarini supurar ekan.

Oxirgi vaqtlarda o'z maoshining keskin qisqarib ketganidan norozi bo'lgan Salohiddin ishga g'irromchilik aralashayotgani borasida huquq-tartibot organlariga shikoyat qilgan.

Bu ish yuzasidan o'tkazilgan tekshiruvlar natijasida Moskvada ko'cha-ko'ylarni tozalayotgan markaziy osiyolik muhojirlar maoshining kattagina qismi turli hiyla-nayranglar vositasida shu ishga mas'ul mahalliy boshliqlar cho'ntagiga tushayotgani aniqlangan.

Rossiyaga safar qilgan muxbirimizga ko'ra, Moskvada "rezina kvartiralar" soni ortib bormoqda.

Bir yoki ikki xonalik kvartiralarda 20 nafargacha muhojirlar yashashga majbur bo'lmoqda.

Politsiya va boshqa huquq-tartibot organlari xodimlarining muhojirlarga nisbatan past nazarda qarashi, ta'magirlik va poraxo'rlik holatlari ham tez-tez uchrab turadi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring