“Очми, тўқми - жавобгарликка тортилиши шарт!”
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Ochmi, to'qmi - javobgarlikka tortilishi shart!"

Italiya mahkamasiga ko'ra, qornini to'ydirish uchun oz miqdorda yegulik mahsulotlarini o'g'irlash jinoyat emas.

O'zbekistonda vaziyat qanday?

Rasmiy manba'lardan ovqat o'g'irlash holatlari bilan bog'liq statistik raqamlarni qo'lga kiritish o'ta qiyin.

Biroq militsiya operativ ma'lumotlarida jinoyatchilik eng yuqori darajada bo'lgan deb qayd etilgan Toshkent tumanlari biridagi manba'ning aytishicha, o'tgan iyul oyining o'zida oziq-ovqat yoki doru-darmon o'g'irlashni amalga oshirmoqchi bo'lgan 12 fuqaro ushlanilgan.

Bu raqam, mahalliy manba'ga ko'ra, o'tgan yilning ko'rsatkichlaridan ikki barobar balandroqdir.

Ular orasida uch ayol kishi, ikki o'smir va qolganlari nafaqa yoshdagi fuqarolar bo'lgan.

O'g'rilikka uringanlarning barchasi - ishsiz, va ulardan to'qqiz nafari turli toifalardagi nogironlar bo'lishgan.

Ular aynan ochlikdan o'g'rilikka qo'l urganlarmi yo'qmi - bu aniq emas.

Biroq ushlanganlarning hammasi muhtoj bo'lganlari va yoda oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga pullari etmayotganini ta'kidlashgan.

BBC Toshkentlik advokat Ruhiddin Komilovga bog'lanib, advokatlik faoliyati chog'ida bunday holatlarga duch kelganmi deb so'ragan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring