Shohruh Xon AQSh aeroportida to'xtatilgan

Shohruh Xon Image copyright Getty Images

Bollivud yulduzi Shohruh Xon o'zini Amerika hukumati tomonidan Los Anjeles xalqaro aeroportida ushlab turilganidan noroziligini bildirgan.

Shohrux Xon nima uchun va qancha muddatga ushlangani hozircha aniq emas.

Hindistondagi AQSh elchisi voqea yuzasidan uzr so'ragan va bunday hol boshqa qaytarilmasligiga umid bildirgan.

2012 yilda ham Xon Nyu York yaqinidagi Uayt Pleyns aeroportida 90 daqiqa davomida ushlab turilgandi.

2009 yilda Nyuark aeroportida to'xtatilgan. O'shanda u Hindiston elchixonasi aralashuvi bilan ikki soatdan so'ng ozod etilgandi.

Juma kuni Los Anjelesga uchib kelgan Shohruh Xon tvitterda muhojirlik va nazorat xizmatining ishini tushunishi, hurmat qilishini qayd etish bilan birga, bunday holat o'zi bilan har safar sodir etilishi charchatganini aytgan.

Image copyright Twitter

Tabiatan hazilkash aktyor aeroportdagi kutish davomida "juda yaxshi Pokemonlar ushlab olgan"ini qo'shimcha qiladi:

Image copyright Twitter

Amerika Muhojirlik xizmati rasmiylari Bollivud aktyori ushlanganiga munosabat bildirganlari yo'q. AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha vakili Nisha Bisval tvitterda Xondan bezovtalik uchun kechirim so'ragan va amerikalik diplomatlar ham bunday vaziyatga tushishlarini aytgan.

Image copyright Twitter

Hindistondagi AQSh elchisi Rich Verma ham uzr so'radi.

Image copyright Twitter

Bir qancha hindistonliklar Bollivudning eng mashhur yulduzlaridan biri doimiy ravishda AQSh aeroportlarida to'xtatilishini bema'nilik deb ataganlar.

Image copyright Twitter

2012 yilda aktyor xususiy uchoq bilan AQShning Yale universitetiga borish yo'lida to'xtatilgan edi.

AQSh bojxona va chegara qo'riqlash idoralari keyinroq yuz bergan voqea uchun kechirim so'ragandilar.

Voqea haqida xabar bergan Shohrux Xonning o'zi bu haqda hazil ham qilgan.

"Har gal men kekkayib ketganimni his etganimda Amerikaga yo'l olaman. Muhojirlik xodimlari yulduzni joyiga keltirib qo'yishadi", deydi u Yale universiteti talabalari bilan uchrashuvda.

Shohrux Honning "Mening ismim Xon" filmi dunyoda, jumladan AQShda musulmonlarga bo'lgan munosabatni aks ettiradi. Autizm bilan og'rigan Xonning qahramoni AQSh Prezidentiga borib, men terrorist emasman, demoqchi bo'ladi.

Shohruh Xon 70 dan ortiq Bollivud filmlarida suratga tushgan. U dunyoning ko'plab mamlakatlarida taniqli va mashhur.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring