Putin Sergey Ivanovni vazifasidan chetlatdi

Sergey Ivanov
Image caption Ivanov Kremldagi "siloviklar"ning qudratli vakili edi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sergey Ivanovni Prezident ma'muriyatining boshlig'i lavozimidan ozod etgan.

Kreml matbuot xizmatiga ko'ra, Ivanov prezidentning tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va transport bo'yicha maxsus vakili etib tayinlangan.

Prezident ma'muriyatiga Anton Vayno rahbar etib tayinlangan.

Yuqori darajadagi kadrlar o'zgarishi ortida qanday sabablar turgani noma'lum.

Putinning Vayno bilan uchrashuv chog'ida aytishicha, Ivanov lavozimdan o'z ixtiyori bilan ketgan va yangi ma'muriyat boshlig'i nomzodini ham o'zi taklif etgan.

63 yoshli Ivanov 2011 yildan buyon Putin ma'muriyatini boshqarib kelgan.

U sobiq KGB generali va Kremldagi kuchishlatar tizimlar yoki "siloviki" guruhining qudratli a'zolaridan.

Prezident ma'muriyatining yangi rahbari etib tayinlangan 44 yoshli Vayno 2012 yildan buyon Ivanovning o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

U 2011-2012 yillarda o'sha paytdagi Prezident Dmitriy Medvedev ma'muriyatining boshlig'i bo'lgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring