Исроф: жазоми ё жиноят?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiyada xorijdan olib kelingan mahsulotlarning yo'q qilinishi ortida qanday sabablar yotadi?

O'tgan yili Ovro'po Ittifoqining Rossiyaga nisbatan jazo choralari kiritgani ortidan Rossiya ham Ovro'po mahsulotlariga cheklovlar joriy qildi.

Natijada mamlakatga xorijdan import qilingan tonnalab oziq-ovqat mahsulotlari namoyishkorona yo'q qilindi.

Bundan tashqari, yaqinda O'zbekiston keltirilgan mevalarda kasallik topilgani aytilib, ular ham tonnalab chiqindiga tashlandi.

Avval Gurjiston vinolari, Belarus pishloqlari va yana qator boshqa mamlakatlardan keltiriladigan mahsulotlarga sanitariya-gigiena talbalariga javob bermaydi, degan sabab bilan taqiq kiritilgan vaqtlari ham bo'lgandi.

Rasmiylarning inson sog'ligiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan omillardan xavotirlarini tushunsa bo'ladi.

Lekin bu kabi qadamlar ortida siyosiy manfaat va sabablar yotishini ham kuzatuvchilar aytadilar.

BBC bilan suhbatda iqtisodiy sharhlovchi Anvar Husainovning aytishicha, Rossiya rasmiylarining xorijdan keltirilgan mahsulotlarni tonnalab yo'qotish harakatlari ko'pda ramziy ma'noga egadir.

"Rossiya tashabbusi bilan tuzilgan bojxona yoki iqtisodiy ittifoqlarga qo'shilishdan bosh tortgan, bundan tashqari, qandadyir siyosiy amallari bilan Rossiya rahbariyatiga "yoqmay qolgan" mamlakatlarni bu kabi choralar bilan "jazolash" holatlari kuzatiladi", deydi Anvar Husainov.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring