Fidel Kastro 90 ga kirdi

Image copyright Reuters

Kubaning sobiq rahbari Fidel Kastro o'zining 90 yillik yubileyi tantanalarida qatnashdi.

Oxirgi yillarda omma oldida kamdan-kam ko'rinish beradigan Fidel Kastro bu safar Gavananing Karl Marks teatrida o'tgan tantanali marosimga tashrif buyurgan.

Fidel Kastro ukasi, Kubaning hozirgi prezidenti Raul Kastro va do'sti, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro hamrohligida kelgan.

Marosim davomida kasalmand ko'rinishdagi Fidel Kastro o'rnidan turmagan.

Image copyright Getty Images

Teatr tomoshasida Fidel Kastro hayotining va Kuba inqilobining muhim lahzalari sahnada gavdalangan.

Gavana ko'chalarida ham minglab odamlar sobiq rahbarning tug'ilgan kunini bayram qilganlar.

Marosim yarim kechasi mushakbozlik bilan yakunlangan.

Image copyright AP
Image caption Kastroning tug'ilgan kuniga atalgan sigarani yasashga 10 kun ketgan.

Kubaning faxriy sigara yasovchisi Joze Kastelar Kastroning 90 yilligiga sovg'a tariqasida dunyodagi eng uzun-90 metrli sigarani tayyorlagan.

Image copyright Getty Images
Image caption Fidel Kastro 2010 yil o'zi o'qigan universitetga borgan.

Fidel Kastro hali ham odamlar orasida mashhur. U bundan oldin aprel oyida omma oldiga chiqqan edi.

2008 yil sog'ligi bilan muammolar ortidan u qudratni ukasi Raul Kastroga topshirgan.

Raul Kastro akasi davrida uzilgan AQSh Kuba aloqalarini tikladi.

O'zining 90 yoshida Fidel Kastro dunyodagi sovuq urush davrining hayot bo'lgan eng oxirgi rahbarlaridan biridir.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio