Toshkentda yana bir yo'lovchi avtobusini alanga oldi

Toshkentda yonib ketgan "Mersedes" avtobusi Image copyright NUZ.UZ

15 avgust kuni Toshkent shahrida yo'lovchi tashib borayotgan "Mersedes" rusumidagi avtobusda yong'in kelib chiqqan.

Hodisa tushki soat 1 larga yaqin ro'y bergan.

12-yo'nalishda qatnaydigan avtobus Bobur va Nukus ko'chalari kesishgan joyda to'satdan tutun ichida qolgan.

Yo'lovchilari avtobusni tezda tark etganlar.

Yong'in joyiga qisqa fursatda o't o'chiruvchilar yetib kelganlar va olovni o'chirishga muvaffaq bo'lganlar.

O't o'chiruvchilarning tez harakat qilganlari natijasida avtobusga katta shikast yetmagani xabar qilinmoqda.

Toshkent avtobuslarining tez-tez yonib ketishi bir necha yildan buyon ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik muhokamasiga sabab bo'lib keladi.

O'zbekistondagi "Novosti Uzbekistana" web-sayti yozishicha, yoz oylarida bunday hodisalar har ikki haftada kamida bir marta yuz beradi.

"Ko'plarning fikricha, buning sababi faqat jazirama emas, transportga texnik xizmat ko'rsatish sifatining pastligidadir", deb yozadi "Novosti Uzbekistana".

7 iyul kuni Toshkentda ikki avtobusni o't olgani haqida xabarlar tarqalgan.

Biri Janubiy temir yo'l vokzali yonida, ikkinchisi Yashnobod tumanida yonib ketgan.

Ikki hodisada ham hech kim jarohatlanmagan, ikki yong'in ham "Mersedes" avtobuslarida yuz bergan.

Bundan oldin O'zbekiston poytaxtida jamoat transporti xizmatini ko'rsatish bilan shug'ullanadigan "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi avtobuslar yonib ketayotgani sabablarini avtobuslardagi elektr simlarida kelib chiqadigan qisqa tutashuv bilan tushuntirgan.

Mercedes-Benz Conecto O345 rusumidagi avtobuslar uchun Toshkent o'ta qiyin mintaqa hisoblanishi, yozda o'ta issiq, qishda juda sovuq bo'lishi, havoning juda ifloslangani transport vositasi ehtiyot qismlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi, oqibatda elektr simlari izolyatsiyasi yemirilishi, bu esa yong'inni keltirib chiqarishini aytishgan "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi vakillari "Gazeta.uz" web-saytiga.

Kompaniya vakillari yong'inlar 10 yildan ortiq foydalanilayotgan avtobuslarda kelib chiqqanini aytganlar.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring