Qozog'iston terrordan ogohlik muddatini uzaytirdi

Qozog'iston

Qozog'iston Milliy xavfsizlik qo'mitasi mamlakat bo'ylab terrordan ogohlikning "sariq" yoki mo'tadil darajasining amal qilish muddatini 2017 yil 15 yanvariga qadar uzaytirgan.

Bu haqdagm qarorning yakshanba kuni, Prezident Nursulton Nazarboevning tegishli farmoniga asosan qabul qilingani bildirilgan.

Terrordan ogohlik tartibi shu yilning iyunida Oqto'bedagi zo'ravonliklar ortidan joriy etilgandi.

Qozoq rasmiylariga ko'ra, 5 iyun kuni Oqto'bedagi qurol-yarog' sotuvchi ikkita do'kon va harbiy qismga uyushtirilgan hujumda 7 kishi halok bo'lgan.

Hukumat zo'ravonliklarda "diniy radikallar"ni ayblagan.

Hodisalar ortidan o'tkazilgan aksilterror amaliyotlarida hujumda ishtirok etgani aytilgan 18 kishi o'ldirilgan, yana 9 kishi qo'lga olingan.

Prezident Nursulton Nazarboev Oqto'bedagi hujumni terrorchilik amali deb atagan va hujumchilar "rejani xorijdan olganliklari"ni aytgan.

"Biz bu harakat salafizm diniy oqimining a'zolarining ishi ekanini endi yaxshi bilamiz", deb aytgan u Milliy xavfsizlik kengashining yig'ilishida.

Nazarboev hukumatga terrorizm va ekstremizmga qarshi, qurol-yarog'ni asrash, savdosi bilan shug'ullanish, muhojirlikni, diniy birlashmalarni tartibga solish bo'yicha qonun loyihalari tayyorlashni topshirgan.

Ayrim tahlilchilar zo'ravonliklarning Qozog'iston siyosiy elitasi orasidagi hokimiyat uchun yashirin kurashlar bilan aloqador bo'lishi mumkinligini aytishgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring