Rossiya Eronga bombardimonchi uchoqlarini joylashtirdi

Тu-22М3 Image copyright Reuters

Eronning Xamadon aeroportidan havoga ko'tarilgan Rossiyaning Tu-22M3 va Su-34 bombardimonchi uchoqlari Suriyadagi jangarilarni nishonga olgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining bildirishicha, bu rus uchoqlarining Suriyadagi amaliyotlarda ilk bor Erondagi havo bazasidan istifoda etishidir.

Rossiya harbiylariga ko'ra, bombardimonchi uchoqlar uchta yirik qurol-aslaha ombori, uchta boshqaruv punkti, shuningdek, jangarilar tayyorlash jamlog'ini yo'q qilgan.

Avvalroq Xamadonga rus uchoqlarining keltirilgani haqida arab matbuoti xabar bergan edi.

Bunga qadar olis masofaga uchuvchi bombardimonchilar Rossiya hududidagi aerodromlardan, jangovar uchoqlar esa Suriyaning Xmeymim aviabazasidan havoga ko'tarilgan.

Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlari 2015 yil sentyabrida boshlangan.

Shu yil martida Prezident Putin Rossiya qo'shinlarining katta qismini Suriyadan olib chiqishga buyruq bergan.

Ammo Rossiya Havo-kosmik kuchlari hanuz Suriyadangi nishonlarni bombalashda davolm etmoqda.

"Islomiy davlat" va "Jabhat-an Nusra" guruhlari Rossiyada terrorchi tashkilotlar deb tan olingan va taqiqlangan.

O'z fikr-mulohazalaringizni BBC O'zbek xizmatining Whatsapp, Telegram va Viber orqali bildirmoqchi bo'lsangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring