Guantanamodan 15 mahbus boshqa mamlakatga ko'chirilgan

Guantanamo Image copyright Reuters

AQSh hukumati dushanba kuni Kubadagi Guantanamo Bey qamoqxonasidagi birdaniga 15 mahbusning boshqa davlatga ko'chirilgani haqida xabar tarqatgan.

Huquq faollariga ko'ra, bu Prezident Obamaning ikkinchi muddati nihoyasiga yetguniga qadar Guantanamoni yopish niyatida qat'iy ekanini tasdiqlaydi.

Associated Press agentligi bildirishicha, 12 yamanlik, uch afg'onistonlik Birlashgan Arab Amirliklariga yuborilganlar.

Qo'shma Shtatlar Mudofaa vazirligiga binoan, Guantanamo hibsxonasida jami 61 mahbus qolgan.

Guantanamo turmasi kichik Bush davrida AQShda sodir etilgan 11 sentyabr hujumlaridan keyin 2002 yil Afg'onistondagi kampaniyasi boshlanganda ochilgan. Ushbu qamoqxona, AQShning aytishicha, "dushman jangchilari"ni saqlashga mo'ljallangan edi.

Prezident Barak Obama ikkinchi muddat prezidentlikka saylanish oldi Guantanamo qamoqxonasini butunlay yopishga va'da bergandi.

"Bu samarasiz, bizning xalqaro o'rnimizga putur yetkazadi, aksilterror sa'y-harakatlarida ittifoqchilarimiz bilan hamkorliklarimizni kamaytiradi, ekstremistlar odam yollashlari uchun qurol, u yopilishi kerak", deb aytgan Barak Obama.

Obamaning ta'kidlashicha, Iroq urushi nihoya topib, Afg'onistondagi qamoqxonalar nazorati afg'on kuchlariga topshirilarkan, Kubadagi inshootga boshqa ehtiyoj qolmagan.

"Bu Prezident Obama Oq Uyni tark etishdan oldin Guantanamoni yopishda qat'iy harakat qilayotganini ko'rsatadi", deydi xalqaro Amnesty Internationalning milliy xavfsizlik va inson haqlari bo'yicha Amerika bo'limi direktori Norin Shoh.

Oldinroq Prezident Obamaning qamoqxonani berkitishga qaratilgan hatti-harakatlari Kongress ko'rsatayotgan qarshilik tufayli sekinlashgani aytilgan. Biroq Barak Obama ayni masalada qonun chiqaruvchilar bilan muhokamalarni qayta jonlantirishini bildirgan.

Britaniyaning "Gardian" ro'znomasi yozishicha, Obama hokimiyatdaligida amalga oshirilgan eng yirik partiya mahbuslarning boshqa davlatga berilishidir.

2014 yilda Guantanamo Bey qamoqxonasida o'n yildan ko'proq vaqt davomida ushlab turilgan besh nafar mahbus Qozog'istonga ham yuborilgan edi.

2016 yil iyulida Guantanamo hibsxonasining Serbiyaga jo'natilgan ikki mahbusi orasida Tojikiston fuqarosi Muhammadi Davlatov va yamanlik Mansur Ahmad Saad al-Dayfi bo'lgan.

•BBC O'zbek xizmatining Whatsapp, Telegram va Viber orqali bildirmoqchi bo'lsangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring