Ukrainada jang qilgan o'zbekistonlik hibsga olindi

Ukraina Image copyright korrespondent.net
Image caption Ukraina Xavfsizlik Xizmati bo'lginchilar tarafida jang qilgani aytilgan o'zbekistonlikning pasportini namoyish etgan

Ukraina xavfsizlik xizmatlari mamlakat sharqida bo'lginchilar tarafida jang qilgan O'zbekiston fuqarosining hibsga olinganini ma'lum qilgan.

Ukraina Xavfsizlik xizmati - SBU ning bildirishicha, rossiyaparast bo'lginchilarning tan olinmagan Donetsk Xalq Respublikasi-DNR tomonida jang qilgan 20 yoshli o'zbek fuqarosi Mariupolda ushlangan.

UXX matbuot xizmatiga ko'ra, 2014 yilda "pul ishlash maqsadida yollangan" o'zbekistonlik Gorlovka va Shirokino ostonalaridagi janglarda ishtirok etgan.

"Strelok" laqabli yollanma jangchining shu kunlarda Ukraina fuqaroligini olish maqsadida ukrain harbiylari nazorat-o'tish nuqtalarini chetlab o'tib, Mariupolga kelgan payti hibsga olingani aytilmoqda.

Ayni holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Internetda paydo bo'lgan videoda o'zbekiston fuqarosi ekanini aytgan B.A.V. ismli rus yigiti bo'lginchilar tarafida jang qilganidan pushaymonlik izhor qiladi va noqonuniy qurolli guruhlarga qo'shilganlarni ukrain harbiylariga qarshilik ko'rsatishni to'xtatishga chaqiradi.

Shu yil yanvarida O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi bir bayonot tarqatib, o'z fuqarolarini bu mamlakatdagi harbiy harakatlarda ishtirok etishdan tiyilishga chaqirgandi.

Elchixona o'zbekistonliklarni bu kabi harakat uchun vatanlarida jinoiy javobgarlik kutishi haqida ogohlantirgan.

O'z fikr-mulohazalaringizni BBC O'zbek xizmatining Whatsapp, Telegram va Viber orqali bildirmoqchi bo'lsangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring