O'zbekistonliklar sportchilar g'alabasidan mamnun

Oksana
Image caption Gimnastikachi Oksana Chusovitina faoliyatini davom ettirmoqchi

Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda o'zbekistonlik foydalanuvchilarning asosiy muhokama mavzusi Rio olimpiadasida bokschi Hasanboy Do'stmatovning olgan oltin medali bo'lmoqda.

Bugun Facebook, Instagram va boshqa sahifalarda internet faollar og'ir atletikachi Ruslan Nuriddinovning g'alabasi bilan ham qutlaganlar.

Aksariyat xabarlarda Hasanboyning g'alabasi o'zbekistonliklarda g'urur hissini uyg'otganligi, u bilan faxrlanishlarini yozishgan. Boshqa sportchilarga ham omadlar tilashgan.

Bundan tashqari yetti bor olimpiya o'yinlari qatnashchisi gimnastikachi Oksana Chusovitinaning sport faoliyatini tugatish niyatida emasligi haqida xabarlarga ham o'zbekistonliklar o'z munosabatlarini bildirishgan.

Podrobno.uzning TASS agentligiga tayanib bergan xabarida Facebookda izohlar qoldirilgan.

Sergey Navruzov: Balli! Inson yoshi ulg'ayishi bu uning biror bir xislatlarini yo'qotilishi emas balki jismonan va ahloqan tarraqiy etishi hamdir, deb yozadi.

Uz24.uz ning TASS agentligiga tayanib bergan "41 Yashar Oksana Chusovitina faoliyatini davom etirishni rejalashtirmoqda" xabariga Facebook sahifasidagi sharhlarni o'qiymiz.

Sahiba Ismail: Omad senga yor bo'lsin Oksana! Senga farovonlik tilayman.

Gulnara Khodjaniyazova: Omad, baht, sevgi! desa,

Shavkat Salomov: Barakalla. Yoshlarga imkon bermas ekande. Zukko ayol. Sal kam momoxon lekin salto sakrab to'ymagan… sakrayveradi, deb norozi bo'lgan.

kun.uz saytida Oksana Chusovitina: "Riodagi Olimpiada mening faoliyatimda eng oxirgisi deya olmayman" maqolasiga Facebookda La Fleure D'espoire "Qoyil haqiqiy sportcha iroda sohibasi. Omad!" - deb tilak bildiradi.

Muhiddin Bekchanov: Taxlab tashang hammasini sestra.

O'rol Amirov: Ishtaha ovqatlanish vaqtida keladi...

Xurshid Dadamirzayev: Faqat omad tilimiza!!!

Akhmad Siddikov: Bo'ldi endi, yoshlarga yo'l ber Oksana, deb maslahat bergan.

xabardor.uz saytida Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi" maqolasiga sharhlar qoldirilmagan.

championat.asia.uzdagi Oksana Chusovitina: "Bu Olimpiada men uchun so'nggisimi? Aniq ayta olmayman" xabariga quyidagi sharhlar bor:

NASAF BARIBIR NASAFDA: Mana bunday insonlar xakida kancha yozsang xam kam!

dosya buxarski: Oksanadan medal kutamiz!

Lola Karimova-Tillyaeva Feysbukda: Azizlar, o'zbekistonlik gimnastikachimiz Oksana Chusovitina Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tayotgan Olimpiadadagi final bahslarida yettinchi o'rinni egallab, tayanib sakrash bo'yicha eng kuchli sportchilar o'ntaligiga kirdi.

Sport gimnastikasi bo'yicha jahon va Olimpiada chempioni unvonlariga sazovor bo'lgan Oksana, mana 25 yildan oshibdiki, umrini katta sportga bag'ishlab kelmoqda.

Chusovitina - chinakam buyuk sportchi! 41 yoshni qarshi olgan Oksana - yettinchi bora Olimpiada o'yinlarida qatnashgan ilk gimnastikachi ayoldir.

Katta sportda erishgan ulkan muvaffaqiyatlari bilan Oksanani chin ko'ngildan qutlaymiz!

Dunyo bo'ylab minglab sportchilar va oddiy insonlarni ilhomlantiruvchi Oksana Chusovitina Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o'yinlarida ishtiroki bilan yosh bilan bog'liq stereotiplarni yo'qqa chiqardi va inson irodasi qanchalar kuchli ekanini isbotladi!

Tabriklaymiz sizni, Oksana! - degan so'zlari boshqalar tomonidan quvvatlangan.

Ilkhom Mirvaliyev: O'zbek Sport va Madaniyat Vazirligi chiroyli taqdirlasa kerak.

Abduvahob Jaysanov: Oksanaga katta rahmat! Xamisha sog' bo'lsin!

Baxrom Saliyev: Oksanaga o'xshagan sportchilarimiz vatanimizda ko'payaversin.

Shotemur Shoikromov: Oksana Chusovitina ham - Qahramon! Mayli, medal ololmadi, lekin shu yoshida Olimpiada litsenziyasini olish katta sharaf. U nafaqat litsenziya bilan cheklanib qoldi, balki o'z sport turida final bosqichigacha yetib keldi, ya'ni kuchli sakkiztalikka kirdi. Kelajakda Oksana kabi irodali, hech qachon chekinmaydigan sportchilarimiz ko'payishidan umidvorman, hamda umid qilamanki Oksana yetuk murabbiy bo'lib, bizga yangi Olimpiada chempionlarini yaratib beradi. OLG'A O'ZBEKISTON!!!

Samandar Qodirov: bu sportchi opani kullab kuvvatlash kerak muxtaram Lola Tillyaeva, unga uzingiz moliyaviy kumak berib, sport maktabi ochishiga amaliy yordam kursating! ana shunda u ayol barcha energiyasini maxoratini yosh avlodga koldiradi muximi natija kursatadi uning shogirdlari esa Mamlakatni tanitadi deb umid kilamiz.

ulugbekmilano: Bu biz Uzbek, xalki uchun yuksak sharaf!

anvarsayfullaogli: Faqat omad!

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring