Turkiya: Yana minglab politsiyachi ishdan ketdi

Turkiya prezidenti Image copyright AP

Turkiyada amalda bo'lgan favqulodda holat tartibi doirasida ikkita yangi farmon e'lon qilingan: ikki mingdan ortiq politsiya xodimi va mamlakat Qurolli kuchlarining yuzlab a'zolari o'z vazifalaridan chetlatilgan.

Bu - o'tgan oygi muvaffaqiyatsiz daalat to'ntarishiga urinish amali ortidan kuzatilayotgan navbatdagi ishdan chetlatishlar bo'ladi.

Bungacha ham o'n minglab harbiylar, politsiya xodimlari, hakamlar, muallimlar va davlat xizmatchilari o'z vazifalaridan ozod etilishgan.

Ammo bu ikki yangi farmonda ko'zda tutilgan choralar faqat shulargina bilan cheklanmagan.

Turkiya rahbariyati, bundan tashqari, mamlakat Aloqa vazirligini yopish, ommaviy-axborot vositalari nazoratiga mas'ul Informatsion texnologiya va kommunikatsiya boshqarmasining ikki yuzga yaqin xodimini ham ishdan bo'shatishga qaror qilgan.

Mazkur boshqarma esa, yangi farmonga muvofiq, vazirlikka aylantirilgan.

Image copyright EPA

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'on mamlakat Qurolli kuchlari Bosh qo'mondonini shaxsan o'zi mustaqil tayin etish huquqini ham qo'lga kiritgan.

Ikki yangi farmonning o'zi esa, Turkiyaning T.C. Resmi Gazete rasmiy internet nashrida e'lon qilingan.

O'z xizmat vazifasidan ozod etilganlarning barchasi AQShda o'z ixtiyori bilan muhojiratda bo'lgan diniy ulamo Fathulloh Gulenni qo'llab-quvvatlashda gumon etilishmoqda.

Turkiya hukumati bu ulamoni so'nggi davlat to'ntarishi harakati ortida turganlikda ayblaydi, ammo Fathulloh Gulenning qat'iyan rad etishicha, bu hodisaga o'zining hech bir aloqasi yo'qdir.

Ammo shu yil iyul oyida yuz bergan ushbu voqea ortidan Turkiya hukumati keng ko'lamli "tozalash amaliyotlari"ni boshlab yuborgan.

O'tgan bir oyning o'zida 80 mingdan ortiq harbiy, hakam, universitet dekanlari, o'qituvchilari va jurnalistlar xuddi shunday gumon bilan o'z vazifalaridan chetlatilishgan. Ikki mingdan ortiq tashkilot esa, yopilgan.

Amalga oshmagan davlatni to'ntarish urinishi bilan bog'liq tergov ishi doirasida 35 mingdan ortiq kishi qo'lga olingan, ularning yarmidan ko'prog'i rasman hibs etilganlar.

•O'z fikr-mulohazalaringizni BBC O'zbek xizmatining Whatsapp, Telegram va Viber orqali bildirmoqchi bo'lsangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring