"Telefonda gaplashgan piyodani jazolash kerak"

Mobil telefonda so'zlashib ketayotgan piyoda

Rasmiylarga ko'ra, O'zbekistonda piyodalarning mobil telefonda suhbatlashishi ko'plab yo'l-transport hodisalariga sabab bo'lmoqda, halokatlar oldini olish maqsadida telefonda so'zlashgan piyoda uchun jazoni kuchaytirmoq lozim.

Bunday taklif mamlakat parlamenti oldiga ham qo'yilgan.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko'ra, parlament quyi palatasi qator qonunlarga o'zgartirish kiritish loyihasini tayyorlagan.

Loyihada, xususan, Yo'llarda harakatlanish qoidalarini buzgan shaxsni jarimaga tortish taklifini O'zbekiston Ma'muriy javobgarlik kodeksiga kiritish ko'zda tutilgan.

"Gazeta.uz" web-sayti xabar qilishicha, mobil telefondan foydalanib xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan insonlarga javobgarlikni kuchaytirish ehtiyojini Qonunchilik Palatasi deputati Aliya Yunusova piyodalar aksar avtohalokatlar sababchisi bo'layotgani bilan izohlagan.

"Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, jami yo'l-transport hodisalarining 54 foizidan ko'prog'ini piyodalarni urib ketish tashkil etadi. Bularning asosiy sababi - piyodalar tomonidan yo'l belgilari, yo'lni ajratib turuvchi chiziqlarga rioya qilinmasligi, ko'chaning o'tish qismida noqonuniy turish, ehtiyotsizlik va ehtiyot choralarini pisand qilmaslikdir", deya Qonunchilik Palatasi vakilidin iqtibos keltiradi "Gazeta.uz".

Oqibatda 2014 yili avtomobillar urib yuborgan piyodalarning 506 martasida ayb piyodalarda bo'lgan.

Ana shunday hodisalarda 100 dan ortiq inson halok bo'lgan, 431 kishi jarohatlangan.

Xuddi shunday manzara o'tgan yil davomida ham kuzatilgan.

Yo'llarda harakatlanishning boshqa qoidalarini buzganlar uchun javobgarlikni yanada qattiqlashtirish takliflarini O'zbekiston Senati 24-25 avgust kunlariga mo'ljallangan majlisida ko'rib chiqilishi kutilayotgani xabar qilinmoqda.

◾ BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

◾ TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

◾ Instagram - BBC UZBEK

◾ Twitter - BBC UZBEK

◾ Odnoklassniki - BBC UZBEK

◾ Facebook - BBC UZBEK

◾ Google+ - BBC UZBEK

◾ YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

◾ Skype - uzbekbbclondon

◾ bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring