O'zbek maktablarida nega o'qituvchi kamaygan?

O'zbekiston

O'zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ko'ra, respublika maktablarida malakali muallimlarga muhtojlik sezilmoqda.

Yangi o'quv mavsumi kirib kelishi oldidan o'zbekistonliklarni muallimlar yetishmayotganiga sabab nima ekani qiziqtirgan.

Foydalanuvchi Veronika Nika "Potrebitel Plyus" guruhida aytishicha, ayni kunlarda bu muammo yanada sezilayapti. Chunki ko'plab o'qituvchilar Rossiyaga ko'chib o'tgan. Rossiya ular uchun zarur sharoitlarni yaratgan. O'zbek maktablarida esa muallimlar kam. Hattoki boshlang'ich sinif o'quvchilari endilikda ikki bo'limlarga (tong va peshin) bo'lingan holda faoliyat yuritishga majburdir.

Dmitriy Alexeev fikriga ko'ra o'qituvchilar maoshlari juda past. "Militsiya xodimlari o'qituvchilardan 2-3 baravar ko'proq maosh oladilar. Ularning (militsiya hodimlarining) aksariyati halqni himoya qilmay kabinetlarida gap sotib o'tirishlarini inobatga olib aytsak shunday bo'lgani to'g'rimi?"

"Muallim va do'xtirlarni axlat qutiga uloqtirishgan! Bu mansabdor shaxslarimiz butkul degradatsiyaga chalinganliklarini bildiradi", deydi Lena Agibalova.

Nata Barchan-Popova: "Chunki yaxshi muallimlarni qadrlashmaydi! Qarangda, agar bir-yarimta kattakon keladigan bo'lsa o'qituvchilarni ko'cha supurishga haydaydilar"

Ulyana Ignateva: "Men endigina ped (universitet) ni tugatdim, va litseydagi 3 oylik amaliyotning o'zida o'qituvchilikni mutlaqo qilib bo'lmasligini tushundim! Ularning ish haqlari qancha ekanligidan xabaringiz bormi? Yuklatilayotgan qog'oz ishlari hajmidanchi? Dars soatlarizdan, hech kimga kerakmas, bo'lmag'ur yozuv chizuvga 2 barobar ko'p vaqt sarflaysiz", deb norozi bo'ladi u.

"Paxta terimi haqida xam gapirishni unitmang", degan Kim Abdullaevich Ruslan muallimlar paxta terimiga jalb qilinishlarini eslatadi.

Anvar Azizov " Veronika siz dolzarb muammoni ko'tarib chiqibsiz. Umid qilamizki, Ta'lim Vazirligining mulozimlari ham Facebookda ayrim muhokamalardan xabardor bo'lib turishadi va kerakli xulosalarni chiqarishadi", deydi.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•◾Instagram - BBC UZBEK

•◾Twitter - BBC UZBEK

•◾Odnoklassniki - BBC UZBEK

•◾Facebook - BBC UZBEK

•◾Google+ - BBC UZBEK

•◾YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•◾Skype - uzbekbbclondon

•◾bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring