Toshkent-Riga reysidan yo'lovchilar qoldirilgan

Toshkent Image copyright Aleksandr Zykov

Toshkent-Riga yo'nalishi bo'yicha 17 avgustda uchgan reysdan o'nga yaqin yo'lovchi "joy yo'q" ligini sabab qilib uchoqqa chiqarilmagan, deb xabar beradi asiaterra web-sayti.

Biroq o'sha kuni parvozdan mahrum bo'lgan yo'lovchilarning muxbirga aytishicha, joy yo'qligidan emas, ularning o'rniga qandaydir "muhim shaxslar" uchganiga ishonishlarini aytishgan.

Bunday holat O'zbekistonda ilgari ham sodir bo'lgan. Bir necha yil oldin prezident qizi Gulnora Karimova qaergadir yo'nalsa, uchoqdan ma'lum yo'lovchilar tushirib qoldirilgani kuzatilgan.

Bu gal aynan kimning uchgani ma'lum emas. Biroq "jabrlangan"larning biri shunday deydi:

"Dastlab avtomobil to'xtash joyida tirbandlik paydo bo'ldi. Ikki DAN xodimi harakatni boshqarib turdi... Keyin yukxonani ochish so'raldi. Aeroportdan 50 metr masofada alohida sinchkovlik bilan yo'lovchilar kuzatuvchilardan ajratildi. Orada "Siz rostdan ham uchyapsizmi?", deb so'raldi.

Ikkinchi qavatda ham tekshiruvlar davom etdi, bagajlar tekshirildi.

So'ngra g'alati narsa boshlandi. Aeroport xodimlari uchadiganlarni ro'yxatga olishga shoshilmas edilar, deb tasvirlaydi yo'lovchi.

"Sizning yukingiz og'ir ekan" - Xo'p to'layman. Biroz kutib turing kabi suhbatdan so'ng "yuki og'ir kelgan"lar soni o'ntaga yetib qolgani ma'lum bo'ladi.

Yo'lovchilarning aksariyati Rigaga, bittasi Nyu-Yorkka uchishi kerak bo'lgan. Uchish taloni berilgan yo'lovchilardan biridan talon qaytarib ham olinganini aytadi u.

Shu tariqa uchishga yaqin vaqtda "joy yo'q, siz ucholmaysiz", deb aytishgan.

"Omadsiz" yo'lovchining aytishicha, tovon puli (290 ming so'm - bozor kursida 50 dollar)ni olishga ham ikki soat kutishga to'g'ri kelgan.

Shu bilan birga, kimlarning "sharafi"ga yo'lovchilar uchishdan qoldirilgani aniqlanmay qolgan.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•◾Instagram - BBC UZBEK

•◾Twitter - BBC UZBEK

•◾Odnoklassniki - BBC UZBEK

•◾Facebook - BBC UZBEK

•◾Google+ - BBC UZBEK

•◾YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•◾Skype - uzbekbbclondon

•◾bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring