IShID "jonli qalqon" ostida Manbijni tark etgani surati chiqdi

Suriya Image copyright SDF

Suriya demokratik kuchlari IShID guruhining "jonli qalqon" ostida Manbijni tark etayotgani aks etgan aerosuratlarni chop etgan.

Suratlarda ko'ringan jangarilarning yuzlab mashinalari ichida tinch fuqarolar bo'lganlari aytiladi.

Suriya demokratik kuchlariga ko'ra, surat 12 avgustda olingan.

Isyonchilar, jumladan kurdlar konvoyni to'xtatmagan yoki uning harakatiga to'sqinlik qilmaganlar. Har bir avtomashina ichida jangarilar tinch fuqarolarni qalqon sifatida o'tirg'izgan. Mashinalar Turkiya chegarasiga ketayotgani taxmin qilinadi.

Suriya demokratik kuchlari AQSh boshchiligidagi koalitsiya dastagida 10 haftalik qamaldan so'ng Manbij shahri ustida to'liq nazorat o'rnatishga muvaffaq bo'lishdi. Maqsad IShID jangarilariga Turkiya chegarasiga boradigan yo'lni berkitish, ularni shahardan siqib chiqarish edi.

Manbij Turkiya chegarasida joylashgan bo'lib, jangarilarning asosiy qarorgohi Raqqa shahriga eltuvchi yo'lda muhim nuqta sanaladi.

Isyonchilar IShID manzillariga qarshi hujumlarni 1 iyunda boshladilar.

IShID shaharni saqlab qolishga iloji yo'qligiga amin bo'lgach, 100-200 jihodchi konvoy tashkil qilib, har bir mashinaga qurolsiz odamlarni joylashtirib, shahardan chiqib ketish yo'lini topgan.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•◾Instagram - BBC UZBEK

•◾Twitter - BBC UZBEK

•◾Odnoklassniki - BBC UZBEK

•◾Facebook - BBC UZBEK

•◾Google+ - BBC UZBEK

•◾YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•◾Skype - uzbekbbclondon

•◾bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring