ГКЧПни ким қўллаган: Каримовми ё Мирсаидов?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

GKChPni kim qo'llagan: Karimovmi yo Mirsaidov?

GKChP ni kim qo'llagani haqida videolavhani Youtubedagi BBC Uzbek kanalida tomosha qiling.

1991 yili avgust oyida sobiq SSSRda davlat to'ntarishiga urinishini qo'llashda O'zbekiston rahbariyati o'sha vaqtda vitse-prezident maqomida bo'lgan Shukrullo Mirsaidovni ayblagandi.

1991 yilning 18 avgust kuni SSSRda hokimiyat Favqulodda Holat Davlat Qo'mitasi - GKChP qo'liga o'tdi. Ittifoqning alohida hududlarida favqulodda holat joriy qilindi, miting va namoyishlar taqiqlandi.

Ammo Moskvada demokratik kuchlar xuntaga qarshilik ko'rsatishdi. Armiya va namoyishchilar o'rtasidagi to'qnashuvlar ortidan 22 avgust kuni GKChP muvaffaqiyatsizlikka uchradi, uning tashkilotchilari hibsga olindi.

O'sha kunlarda Hindistonga safar qilgan O'zbekiston rahbari Islom Karimov GKChPni ochiq qo'llamagan, ammo unga ochiqchasiga qarshi ham chiqmagandi. Hodisalardan bir hafta o'tib, u O'zbekiston mustaqilligini e'lon qilgan.

BBC GKChP kunlari Toshkent va Moskvada jarayon qilgan voqealar shohidlari - sobiq adliya vaziri Muhammadbobur Malikov, sobiq deputatlar Muhammad Solih va Jahongir Mamatovlar bilan Shukrullo Mirsaidovga nisbatan da'volar ne qadar asosli bo'lganligi haqida suhbatlashdi.

GKChP ni kim qo'llagani haqida videolavhani Youtubedagi BBC Uzbek kanalida tomosha qiling.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio