Turkiya Suriya shimolidagi hududlarni bombalagan

G'oziantepdagi to'yda halok bo'lgan insonlar uchun qazilgan qabrlar Image copyright AFP
Image caption G'oziantepdagi to'ydagi portlash suriyalik jangarilar hujumini tezlashtirgan deb ko'rilmoqda

Turkiya Suriya shimolidagi o'zini "Islomiy Davlat" deb ataydigan jangari guruh, shuningdek, Kurd qurolli bo'linmalari joylashgan hududlarni bombardimonga tutgan.

Turkiya ichkarisidan otilgan zambarak to'plari Jarablus va Manbij shaharlaridagi Kurd qurollilarining mavqelarini nishonga olgan.

Bu G'oziantep shahridagi to'y marosimida ro'y bergan xudkushlik portlashi ortidan bo'lmoqda, portlash oqibatida 50 dan ortiq inson halok bo'lgan.

Xabarlarga ko'ra, G'oziantep shahrida Turkiya dastaklayotgan qariyb 1500 suriyalik isyonchi hujumga o'tishga tayyorlanib turibdi.

G'oziantepda bo'lib turgan BBC muxbiri Mark Louenning xabar qilishicha, xudkushlik portlashi isyonchilar hujumini tezlashtirgan bo'lishi mumkin.

To'y kechasidagi portlashning tobora ko'p qurbonlarining shaxsi aniqlashib borar ekan, Turkiya Suriya urushiga yanada ko'p qo'shilib qolgan mamlakatga aylanib bormoqda, deydi BBC muxbiri.

G'oziantepdagi to'yda halok bo'lganlarning ko'pchiligi bolalar bo'lgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'on xudkush hujumchi 12-14 yoshdagi bola bo'lgan, degan bayonot tarqatgan.

Biroq Bosh vazir Binali Yildirim xudkush hujumchining shaxsi aniqlanganicha yo'q, portlashni voyaga etmagan bola sodir etgani haqidagi bayonot faqat guvohlarning ko'rsatmalari asosidagi taxminga asoslangan bo'lgan.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li, Suriya shimoli IShIDdan butkul tozalanishi lozim, deb aytgan.

Turkiyaning G'oziantep shahri Suriya chegarasidan 60 kilometrcha uzoqlikda joylashgan va bu shaharda IShID jangarilari bor deb ko'riladi.

Tarkibida suryailik Kurd jangchilari bo'lgan koalitsiya kuchlari IShIDni Suriya shimolidagi bir necha shaharlardan siqib chiqarish maqsadidagi janglarda qatnashmoqda.

Bu shaharlar orasida Manbij shahri ham bor.

Biroq Turkiya televideniesi xabar tarqatishicha, Turkiya artilleriyasi Kurd janchilari mavqelarini ham nishonga olgan.

Turkiya bu guruhlarni Kurdiston Ishchi partiyasi - PKKning kengayishi deb qaraydi.

PKK 1980 yillardan buyon mustaqil Kurdiston davlatini tuzish maqsadida Turkiya kuchlariga qarshi urushib keladi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring