Italiyadagi zilzilada o'nlab insonlar halok bo'lgan

Italiya

24 avgust tongga yaqin markaziy Italiyada ro'y bergan kuchli zilzilada kamida 37 inson halok bo'lgan, 150 dan ortig'i bedarak qolmoqda, ko'plab binolar butunlay buzilgan.

Yer silkinishining kuchi Rixter shkalasi bo'yicha 6,2 ballni tashkil etgan.

Zilzila epitsentri Perudja shahridan janubi-sharqida bo'lgan. Yer silkinishlari poytaxt Rimda ham sezilgan.

Yer qimirlagan vaqti insonlar uxlab yotgan bo'lganlar.

Amatriche shahri hokimi shaharning yarmi butkul vayron bo'lganini aytgan. Vayronalar ostida insonlar bor. Shahar elektr energiyasiz qolgan.

Ko'chki sodir bo'lgan, yo'llar yopilgan, ko'prik qulashi mumkinligi ogohlantirilgan.

Italiyada zilzilalar tez-tez sodir bo'lib turadi. 2009 yilda Akuila tumanida sodir bo'lgan 6,3 balli zilzila oqibatida 300 dan ortiq inson halok bo'lgan edi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring