"O'zbekiston qahramoni" unvoni berildi

O'zbekiston qahramon

Prezident Islom Karimov farmoni bilan Mustaqillikning 25 yilligi arafasida to'rt kishi "O'zbekiston qahramoni" unvoni bilan taqdirlangan.

Prezident farmoni 23 avgustda matbuotda e'lon qilingan.

"Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko'p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo'shgan katta hissasi uchun quyidagilarga "O'zbekiston Qahramoni" unvoni berilib, oliy nishon - "Oltin yulduz" medali topshirilsin", - deyiladi farmonda.

Farmonga asosan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi" aktsiyadorlik jamiyati direktori Kurbanov Ravshanbek Davletovich,

Bog'ot tumanidagi "Bog'ot" fermer xo'jaligi boshlig'i Rajabov Sharipboy,

O'zbekiston temir yo'llari" aktsiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direktsiyasi boshlig'ining o'rinbosari - "Angren - Pop" elektrlashtirilgan temir yo'l qurilishi boshlig'i Ummatov Erkin Raxmanovich va

Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim maktab-internatining matematika fani o'qituvchisi Sharapova Muxabbat Arapovna "O'zbekiston qahramoni" mukofotini olganlar.

Rasmiy ma'lumotga ko'ra, "O'zbekiston Qahramoni" unvoni oliy darajadagi mukofot bo'lib, O'zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko'rsatish bilan bog'liq xizmatlari uchun berilishi aytilgan.

Bundan oldin "O'zbekiston qahramoni" bo'lganlar orasida taniqli jarroh Vosit Vohidovich Vohidov, O'zbekiston xalq shoirlari Erkin Vohidov va Abdulla Oripov, yozuvchi To'lapbergen Qaipbergenov, navoiyshunos olima Suyuma G'anievalar bor.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring