Туркия танклари Сурия чегарасини кесиб ўтишди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Turkiya IShIDga qarshi kurashda

Turkiya tanklari Suriya bilan chegarani kesib o'tib, IShID nazorati ostidagi hududlarni hujumga tutmoqda.

Bu Jarablus shahridan jangarilarni siqib chiqarishni maqsad qilib olgan amaliyotlarning tarkibiy qismidir.

Avvalroq IShID raketasi kelib tushgan Qorqamish shahri aholisi evakuatsiya qilingan.

Qorqamish Suriya chegarasi yaqinida joylashgan. Turkiya rasmiylariga ko'ra, u yerda vaziyat xavfsiz emas.

Tanklar hurujidan so'ng raketa va artilleriya hujumi amalga oshirilib, 82 manzil nishonga olingan.

O'tgan shanba kuni Gaziantep shahridagi nikoh marosimida xudkushlik hujumi ro'y bergandi.

Oqibatda 29 yosh bola doxil 54 kishi halok bo'lgan. Turkiya hujumda IShIDni aybladi.

Turkiya chegara hududlaridagi IShID va kurd jangarilarini butunlay yo'qotmoqchi.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring