Italiya: vayronalar orasidan odamlar qidirilmoqda

Italiya, zilzila

Italiyada 24 avgustda ro'y bergan zilzila qurbonlari soni 247 taga yetgan. 368 yarador haqida xabar berilmoqda.

Vayronalar ostida hamon o'nlab odamlar yordam kutishyapti.

Italiya Sog'liqni saqlash vazirligiga ko'ra, qurbonlar soni oshishi mumkin. Halok bo'lganlar orasida ko'plab bolalar bor.

Zilzila vayron qilgan shaharlarda 4300 qutqaruvchi va ko'ngillilar ishlamoqdalar. Ular qo'llari bilan va maxsus asboblar orqali odamlarni tortib olishmoqda.

Fojea hududidan 2500 kishi xavfsiz joyga ko'chirilgan.

Qutqaruv ishlari kechayu kunduz tinmayapti.

Peskara-del-Toro shahrida yer silkinishi kuchidan deyarli barcha binolar buzilgan.

Seysmik beqaror hududda joylashgan Italiyada zilzilalar tez-tez sodir bo'lib turadi. Mutaxassislar yer silkinishlari takrorlanishi ehtimolidan ogohlantiradi.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring