Олимлар янги Ерсимон планета топишди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Olimlar yangi Yersimon planeta topishdi

Olimlar yangi Yersimon planeta topishdi.

YANGI YERSIMON SAYYORA

Olimlarga ko'ra, bizning gallaktika bo'sag'asida yangi Yersimon sayyorani kashf etganlar.

Ular kuchli teleskoplar yordamida Proxima b nomli planetani ko'rganlar.

Bu sayyora Yerdan "atigi" 4 yorug'lik yili masofasida, ya'ni 40 trillion km uzoqlikda joylashgan.

Proxima b Yerga eng yaqin bo'lgan Proxima Centauri yulduzi orbitasida joylashgan.

Ushbu sayyora kattaligi Yerga yaqin va sahni tog'u-toshlardan iborat.

Sayyora o'z yaqinidagi yulduzdan u qadar uzoq emas, shuning uchun iqlimi sovuq emas, deyilmoqda.

Shuningdek yulduzga u qadar ham yaqin emas, ya'ni o'ta issiq ham emas.

Bu esa suyuq suv mavjud bo'lishi ehtimoli va balkida tirik jonzot extimolini nazarda tutadi.

Lekin u yerga odamzod yaqin o'rtada ko'chib o'tadi, deb o'ylamang.

Proxima b ga yaqin bo'lgan yulduz o'ta faol pallada va mutassil radiatsion to'lqinlarni otib turadi.

Va joriy texnologiyalar yordamida u yerga yetib olish uchun minglab yil vaqt ketadi.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring