"Қамчиқ поезди кира ҳақини арзонлаштиради"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Qamchiq poyezdi kira haqini arzonlashtiradi"

Shu kunlarda O'zbekistonda temir yo'l xizmati ko'rsatish bilan bog'liq ikki yirik yangilik kuzatilmoqda.

Biri - kuni kecha Toshkent-Buxoro yo'nalishida mamlakatda navbatdagi tez yurar poyezdi qatnovining yo'lga qo'yilishi.

Yana biri esa 27 avgust kuni ilk bor Toshkentni Farg'ona vodiysi bilan bog'laydigan yo'lovchi poyezd qatnovi boshlanishi.

Bu borada O'zbekiston matbuotida xabar berilmoqda.

Xabarlarda aytilishicha, ushbu yo'nalish "Toshkent-Angren-Orzu-Pop-Qo'qon-Marg'ilon-Andijon" bekatlarini bog'laydi.

O'zbekistonda aholi eng zich yashaydigan hududlardan hisoblanmish Farg'ona vodiysi bilan Toshkent o'rtasida poyezd qatnovi Sho'rolar davrida bo'lgan, lekin temir yo'l Tojikiston shimolidan o'tgandi.

Bir necha yil oldin O'zbekiston poyezdlarining Tojikiston hududi orqali o'tishini to'xtatgandi.

Hozirga qadar ikki yo'nalishda aholi asosan shaxsiy kirakashlar xizmatidan foydalanishga majbur bo'lganlar.

Qamchiq dovonida temir yo'l uchun maxsus tunnel qurilishini Xitoyning China Railway Tunnel Group shirkati 2013 yili boshlagan edi.

Uzunligi 19 kilometr 200 metr bo'lgan ushbu tunnelni shu yil iyun oyida foydalanishga topshirishgan.

Qamchiq dovoni orqali temir yo'l loyihasi 2 milliard dollarga baholangan.

Qamchiq orqali temir yo'l ishga tushishi O'zbekistonning qo'shnilariga qaramligini kamaytiradi.

Mustaqil jurnalist Bahodir Eliboevning BBC bilan suhbatda aytishicha, Farg'ona vodiysi aholisi uchun temir yo'l xizmatining yo'lga qo'yilishi katta ahamiyat kasb etadi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEKTwitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring