Prezident Karimovning miyasiga qon quyilgan

Image copyright Lola Karimova Tillyaeva
Image caption Лола Каримова ўз хабарига оилавий суратни илова қилган

Prezidentning kenja qizi Lola Karimova-Tillaevaning Feysbuk va Instagram dagi sahifalarida ma'lum qilishicha, Prezident Islom Karimov o'tgan hafta oxirida miyaga qon quyilish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Lola Karimova o'z bayonotida mana bunday degan:

"Turli xil gap-so'zlarning oldini olish maqsadida bizning oilada o'tgan xaftaning oxirida sodir bo'lgan qayg'uli voqea haqida ushbu sahifam orqali sizga ma'lumot bermoqchiman.

Shanba kuni adamlar miyaga qon quyilish tashxisi bilan shifoxonaga olib kelindilar. Hozir ular reanimatsiya bo'limida tibbiy muolajalar olmoqdalar. Hozirgi paytda holatlari shifokorlar tomonidan stabil deb baholanmoqda. Ayni paytda kelgusidagi sog'liqlari borasida qandaydir taxminlar qilish ancha erta.

Men sizlardan turli xil gap-so'zlardan yiroq bo'lib, oilamizning shahsiy hayotiga xurmat bilan munosabatda bo'lishingizni iltimos qilaman.

Image copyright LOLA KARIMOVA-TILLYAEVA

Ushbu damlarda otamni o'z duolari bilan qo'llab-quvvatlovchi barcha insonlarga o'zimning cheksiz minnatdorchiligimni izhor etaman". (Lola Karimova-Tillaevaning bayonotidagi orfografiya saqlab qolindi-tahr. )

Bu Prezident Islom Karimovning xastaligi bilan bog'liq ilk tafsilotdir.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hukumati yakshanba kuni rasmiy xabar tarqatib, 78 yoshli Islom Karimovning "statsionar davolanishda" ekanini ma'lum qilgan edi.

Vazirlar Mahkamasi Islom Karimovning qanday xastalik bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida ma'lumot bermagan.

O'tgan 24 soat mobaynida rasmiy manba'lar Prezidentning sog'ligi bilan bog'liq qo'shimcha axborot tarqatmagan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.