"Каримов оғир сиёсий мерос қолдирмоқда"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Islom Karimov o'zidan og'ir siyosiy meros qoldirmoqda"

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva o'zining Instagram dagi sahifasida o'tgan dam olish kunlari otasining miyasiga qon quyilgani va reanimatsiya bo'limida qolayotganini haqida xabar berdi.

Unga ko'ra, shifokorlar 78 yoshli Prezident Karimovning ahvolini "barqaror" deb baholashgan.

Ammo O'zbekiston matbuoti Prezidentning sog'ligi bilan bog'liq tafsilotlarni oshkor etmayapti.

Yakshanba kuni davlat telekanali Vazirlar Mahkamasining qisqa rasmiy xabarini o'qib eshittirgan.

Xabarda davlat rahbarining qanday kasallikka yo'liqqani haqida hech narsa deyilmaydi.

Lola Karimova-Tillaeva otasining "kelajakdagi sog'ligi haqida taxmin qilishga hali erta ekani"ni aytgan.

Toshkentdan taniqli jurnalist, O'zbekiston Prezidentining sobiq matbuot kotibi Sharof Ubaydullaevning aytishicha, mamlakatda siyosiy bo'shliq yuzaga kelgani sezila boshlagan va bu bo'shliqni kim to'ldirishi noma'lum.

BBC bilan suhbatda u Islom Karimov o'zidan og'ir siyosiy meros qoldirayotgani, faqat erkin saylovlargina O'zbekistonni hozirgi inqirozdan olib chiqishga qodir ekanini aytdi.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring